Get Mystery Box with random crypto!

Xurramov Blog

Telegram kanalining logotibi xurramovblog — Xurramov Blog X
Telegram kanalining logotibi xurramovblog — Xurramov Blog
Kanal manzili: @xurramovblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✳️ Ushbu kanalda grafik, UX/UI dizayn hamda AyTiga oid foydali maqolalar joylab boriladi. Ma‘lumotlaridan foydalanganingizda manba ko‘rsating. Muallif mehnatini hurmat qiling! 😊
— xurramovblog.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-02-26 19:44:38 #foydali #kurslar #reklama_emas
Zamonaviy kasblarni oʻrganish zamon talabidir

— Lekin, oʻzbek tilida foydali va bepul manbalar koʻp emas. Ammo yuqorida tashlangan postda Grafik va veb dizayn sohasini oʻrganish uchun foydali videodarslar bor, ularni koʻrib, takrorlab, inshaalloh yaxshi natijalarga erishasiz!
143 viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2022-02-26 19:34:00
#foydali #videokurs
Socially Design Academy har bir dizayn muhlislari haqida qayg'uradi!

Sizda dizayn sohasiga o'zgacha qiziqish bor-u, lekin vaqt va moddiy tomondan yetishmovchilik bo'layotgan bo'lsa, endi bu muammo emas. Chunki Socially Design Academy sizga Logo dizayn, Veb dizayn, Mockup dizayn va dizaynning turli yo'nalishlariga oid bo'lgan darslarni mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini beradi.

Bepul taqdim etilayotgan kurslar to'plami bilan tanishib chiqamiz:

— Pro Photoshop 01 videokursi
— Adobe XD videokursi
— Figma videokursi
— Mockup dizayn videokursi
— Logo nazariyasi videokursi
— 1 — videokurs • Landing Page Design tayyorlash
— 2 — videokurs • Landing Page Design tayyorlash

Eslatib o'tamiz, UX/UI sohasini professional mutaxassisi bo'lish uchun Web Design 01 kursiga qabul 1-martgacha davom etmoqda!

— Administratorga bogʻlanish →

Telegram • Instagram • YouTube • Website
127 views16:34
Ochish/sharhlash
2022-02-26 12:16:16 "Dangasa odamlardan tadbirkor chiqadi"

Yaqinda bir biznes trenerini videosiga ko'zim tushib qoldi. U kishi aytishlari bo'yicha dangasa odamdan tadbirkor chiqarkan. Ularning gaplari qisman to'g'ri bo'lishi mumkin. Ya'ni bironta boy odam vafot etsa, boyligi va biznesi dangasa o'g'liga qolganda, lekin, shunda ham dangasa odam, ishlarni teskari qilib tashlaydi va qanotsiz qushday yerga qulaydi. E'tibor bering, qanotsiz qush ucholmaydi, u yerni o'zida halokatga uchragan bo'ladi, bu esa dangasa odamga misol edi.

Endi esa, dangasa odam kimligini bilib olaylik?
— Ishsiz, bekochi, ilmsiz, o'rganishga qunt qilmaydi, ma'suliyatsiz, hayotdan ham ko'ngli qolgan, vaqtini bekorchi narsalarga sarflaydi, o'yin o'ynaydi, qo'shiq eshitadi, qo'shiq kuylab yuradi, ichadi ham chakadi ham, yurmagan yo'li ham qolmagan umuman olganda bu kabi insonlar ko'p narsada orqada qolgan va o'zini ham eplolmaydi ko'plari, tilidan nima deganini ham bilishmaydi...

Dangasa odam qanday bo'lishini misollar orqali ko'rib chiqdik, endi bir o'ylab ko'ring, shunday odamlar biznes qilish va boshqalarni boshqarish qo'lidan keladimi, aqli yetadimi? Aqli yetganda, o'zidagi dangasalikni yenga ololmasmidi-a?

Xullas, gapirsa gap ko'p, ammo harakatsiz muvaffaqiyatga va omadga erishib bo'lmaydi. Tormozdagi odam tormoz bo'lib qoladi, harakat qilib, ilm olishni, o'rganishni gazini bosgan esa finalga birinchi yetib keladi. Balki u yosh bo'lar yoki keksa farqi yo'q, muhimi oxrigacha olg'a bosishdir.

P.s: Gazini bosish kerak ekan deb, mashinani gazini bosib, biron joyga kirib-ketib qomayla yana, bilib bo'madida))

Blog: Suxrobjon Xurramov
119 viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2022-02-26 11:41:07 Blogimizda IT bo'yicha ham bilim va tajribalarimizni ulashib boramiz, bu sizga foydali bo'ladi inshaalloh.

Blog: Suxrobjon Xurramov
114 viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2022-02-13 08:25:05 Oʻzingizni vaqtingizni toping!

Odatda blogimdagi postlarni tunda chiqaraman. Shu paytda vaqtim va maqola yozishga boshqacha bir zavq boʻladi menda. Shu vaqtda yozgim kelgan postlarni birin ketin yozishga harakat qilaman, baʼzida tong otib qolishi ham mumkin. Lekin bu menga bilinmaydi, chunki, men oʻz vaqtimni topganman va shu vaqt men uchun ayni muddaodir.

Siz ham oʻqish, ijod, shaxsiy rivojlanish va boshqa h.k narsalar uchun kerakli vaqtingizni topsangiz, qilayotgan ishingiz sizga foydali boʻlishi mumkin. Kimgadir sahar, kimgadir peshin vaqtida ilm olishi, oʻzlashtirishi yaxshi boʻladi, shunga qarab, nimalar qilishingizni belgilab olsangiz vaqtdan va ilmdan yutasiz, inshaalloh.

P.s: Agarda siz ilm olishni va kurslar koʻrib rivojlanmoqchi boʻlsangiz, sizga tonggi vaqtni maslahat beraman. Tong paytida ilm olgan kishilar boshqalardan koʻra ancha samarali natijalarga erishadi...

Blog: Suxrobjon Xurramov
170 views05:25
Ochish/sharhlash
2022-02-12 23:00:42 Boshqalarga oʻxshashga harakat qilmang!

Negaki, bunday insonlarning shaxsiy hayoti va dunyoqarashi boʻlmaydi. Ular, boshqalar nima qilsa qiladi, bu holatda ongsiz jonzotlarni ham misol qilishim mumkin edi.

Masalan, Toshmat doʻstining Rossiyada ishlab kelib, avtomobil olganiga guvoh boʻldi. Endi Toshmat ham Rossiyada ishlab, mashina olishga harakat qiladi!? Bu holatda Toshmatni doʻstiga taqlidini va unga oʻxshashga harakat qilishiga guvoh boʻldik. Bunga sabab moddiy holat, lekin moddiy holatni oʻylab, oʻylamay ish qilish ham toʻgʻri emas.

Oʻylamay qilingan har qanday fikr ham muvaffaqiyatli boʻlmaydi, taqlid ham shular jumlasidandir. Boshqalar sizdan boshqaning qiyofasini koʻra boshlagani sari sizning fikringiz yoʻqligini bilib olishadi. Va sizdan uzoqlashishga harakat qiladi. Negaki, oʻz fikriga ega boʻlmagan insonlarga biron narsani tushuntirish mushkul.

Shaxsiy fikrlashni rivojlantirish uchun nima qilish lozim?

— Avvalo ilm olish kerak, koʻproq kitob oʻqish kerak. Kitob deganda ham har qanday kitobni nazarda tutmayapman, pishiriqlar kitobini oʻqib, oʻzizga kerakli narsani ololmaslingiz mumkin. Oʻzingizga kerakli kategoriyadagi kitoblarni oʻqishni tavsiya qilaman men.

— Har kimni ham gapiga quloq solmaslik darkor. Bu juda yaxshi odatlardan biridir men uchun ham. Chunki, hamma turli xil fikrlaydi va hayotidan kelib chiqib maslahat beradi. Kimgadir bu fikrlar mos kelishi va kimgadir mos kelmasligi mumkin, buni esa oʻylab koʻrib, amal qilishingizni maslahat beraman.

— Fikrlamaydigan insonlardan uzoq boʻlish ham sizni rivojlantirishi mumkin. Fikrlamaydigan insonlar deyilganda: Tiliga, diniga, oilasiga va boshqa narsalarga befarq hamda xudbin... Kimsalar aytilgan.

Blog: Suxrobjon Xurramov
160 views20:00
Ochish/sharhlash
2022-02-02 19:29:43 ​​O‘rgangan qo‘l...

Inson bolaligida teta-poya qilib yurishga harakat qilganida, bir yiqiladi, ikki yiqiladi va asta-sekin tikka yurib ketadi. Avval boshida qiyinday tuyilgan vaziyatlar ham, keyinchalik odatiy hol bo‘lib qoladi. Bunga sabab inson organizmi va ongining moslashuvchanligidadir, axir biron narsaga moslashib qolsangiz bormi, undan qutulish juda qiyin. Masalan, noqonuniy daromad qilish, korrupsiyaga qo‘l o‘rish, shirakayf qiluvchi ichimliklar ichish, fahshga berilib ketish, shular jumlasidandir.

Bir necha bor pora olgan shaxsga korrupsiya bamisoli oddiy holatday bo‘lib qoladi. Chunki uning ongi, vujudi bunga moslashadi va mashaqqatli mehnat qilmay, ziyon-zahmatsiz mumaygina daromad qilish ilinjida oromini yo‘qotadi, bosar-tusarini bilmay qoladi. Va bora-bora insoniylik hislarini ham yo‘qotib boradi, bunday insonlar harom ortidan baxtga erishaman deb o‘ylaydi va qattiq adashganini qo‘lga tushganida anglaydi yoki hali ham anglamasligi mumkin. Bu esa insonning iymoni qanchalik mustahkam ekanligiga bog‘liq, chunonchi iymoni qattiq odam yuqorida keltirilgan shaytoni-layin aldovlari ila yaralgan amallarga aslo qo‘l o‘tmaydi!

“O‘rgangan ko‘ngil, o‘rtansa qo‘ymas!”, – deb bejizga aytishmagan, o‘rgangan qo‘l ham gunoh va harom ishlardan tiyilishiga ishonish – xuddi yozda qor yog‘adi degan gapga o‘xshaydi. Ba’zida esa, aksincha bo‘lishi ham mumkin, bu esa yolg‘iz Allohga ayon. Nima ishga qo‘l urishimizdan oldin halol va harom jihatlarini inobatga olib, ishimiz halolligiga inonib e’tibor qarata olsak, ishlarimiz bardavom bo‘ladi, inshaalloh.

Hayot juda qisqa, bizdan qoldirgan yaxshi izlarimiz qoladi, yo boʻlmasa dogʻlarimiz qoladi, bu esa sizning oʻzingizga bogʻliq. Sizni hayotingizga birov javobgar emas, qilgan ishlaringizga javob beradigan vaqtlar kelishini unutmang!

@suxrobjonxurramov
1.5K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2022-02-01 19:40:53 Siz kuzatib boradigan blog kanallar roʻyxatini izohga yozib qoldirsangiz!?

P.s: Qaysi blog kanallar sizga koʻproq yoqadi?
176 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-01-29 19:56:30 ​​Birovga tosh otishdan oldin, bir oʻylab koʻraylik?

Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sari umumiy olib qaraganda, ilmga boʻlgan talab kamayib bormoqda. Bunga misol, koʻp sonli Oʻzbek auditoriyasiga ega sahifalarda, sifatsiz, maʼno va mazmunga ega boʻlmagan kontentlar toʻlib borayotgani yaqqol misoldir.

Ijtimoiy tarmoqlarda kimnidir kamchiliklarini topib, ortidan gapirib chiqish, bu ilmni odamni ishi emasdir. Aqlli odam, birodarini omma oldida muhokama qilmaydi, balki oʻzi yolgʻiz qolganida kamchiliklarini aytadi.

Odamda oqni qoradan ajratib olishi uchun farosat boʻlmogʻi darkor. Farosat boʻlmasa, inson boshqalar nima qilsa, u ham shu ishni toʻgʻri deb hisoblab yashayveradi. Bitta odam ijtimoiy mediada xato qildi deylik, shuni aybini video qilib aylantirgandan nima foyda? Oʻzingni yomon otliq qilib nima qilasan? Yana kamiga baʼzi bir farosatsiz kishilar shunaqa kishilarning gapiga ham ishonib, shunaqa-shunaqa ekan deb, qoʻyga oʻxshab aytib yuradi.

Mansabi boʻlsa maqtab, yiqilsa yomonlab yerga urish – eng pastkash kishini ishidir. Bu kabi holatlardan yiroqlashmasak, rivojlanmaymiz va boshqalarga kulgi boʻlganimiz qoladi, faqat! Boshqalar haqida gapirishdan oldin yaxshilab, oʻylab koʻrmogʻimiz lozim, har xil gap soʻzlar aytib, oʻzimizni qandayligimizni koʻrsatishimiz shart emas, odamlar kim qanaqaligini yaxshi biladi...

P.s: Maqolani yaqinlaringizga va maqolada holati aks etgan kishilarga yuboring.

@suxrobjonxurramov
240 views16:56
Ochish/sharhlash
2022-01-27 20:23:33 ​​Diplom qanchalik muhim?

Bu mavzu bo'yicha ijtimoiy tarmoqlarda koʻp muhokamalarga qaramay, ushbu maqolani yozishga qaror qildim. Avvalo bir narsani tushunib olaylik, diplom odamlarni ulug' inson qilib qo'ymaydi. Diplomli va diplomsiz kishini hech qanday farqi yo'q, agar ikkalarida ham bir xil ilm bo'lsa.

Diplomi borlarning koʻpi oylik maoshiga qarab qoladi va rivojlantirishdan toʻxtaydi, men tanigan insonlarni koʻpi shunday. Ular OTMga faqat diplom uchun oʻqishadi, bunday insonlarning koʻpchiligi chalasavod boʻlishiga qaramay, masalan, maktabda ham dars berishadi. Maktabda esa oʻzlariga oʻxshagan oʻquvchilarni tayyorlab chiqarishadi...

Hozirda asosiysi bilim va tajriba muhimdir, mendan ish boʻyicha diplom soʻragan kishini eslolmayman. Odatda, “Ishlaringizni koʻrib chiqsak boʻladimi!?” deyishgan... Bilimi bor kishi hech xor boʻlganini eshitmaganman. Ustiga-ustak, hozirda shiddat bilan rivojlanayotgan IT sohalarini oʻrganib ham diplomsiz yaxshi (mumaygina) daromad topish mumkin. Hammasi oʻzimizga bogʻliq, bitta kasbni yaxshi oʻrganib olsangiz, ishni oʻzi topib keladi!

P.s: Aytgancha, diplomi boʻlmasa ham, yaxshi daromad qilayotgan kishilar talaygina. Diplom faqat davlat ishida, hujjatlarni xush koʻrib, ishlovchi kishilar uchun darkor)

@suxrobjonxurramov
301 views17:23
Ochish/sharhlash