Get Mystery Box with random crypto!

Qalb ozuqasi Hech e'tibor qilganmisiz? Inson hayot kechirishi | Xurramov Blog

Qalb ozuqasi

Hech e'tibor qilganmisiz? Inson hayot kechirishi uchun (suv va boshqa oziq-ovqati mavjud) ozuqasi bor. Bordi-yu, tanamizga kerakli ozuqa moddalarni bermasak, hayot kechira olamizmi? Yo'q, albatta, energiyamiz qolmay, holsizlanib halok bo'lishimiz mumkin... Nafsimizga kerakli narsalarni estimol qilamiz, ba'zilar mevalarni xo'sh ko'rsa, ba'zilar go'shtli mahsulotlarni estimol qiladi va o'ziga yoqmagan ozuqadan uzoq bo'ladi.

Xo'sh endi, buni qalb ozuqasi bilan nima aloqasi bor deyishingiz mumkin? Imkon qadar, tushunarli yozishga harakat qilaman. Bizning jismimizga (nafsimizga) kerakli moddalarni estimol qilar ekanmiz, shu jumladan qalbimizga ham ozuqalanib ketamiz. Va ich-ichimizdan shu kabi holatlarni xohlaymiz!

Masalan, kimdir ishlaganda musiqa eshitib ishlaydi va o'sha musiqadan energiya olib ishlaganday his qiladi o'zini. Shu jarayonda u kishining qalbi musiqaga o'rganadi va musiqasiz ishlayotgan holatda o'zini quvvatsizday his qila boshlaydi! Bunga sabab u ko'p vaqtini musiqa tinglab, shu jarayonga o'rganib qolganidandir. Yoki bo'lmasa, taqvodor inson namozini qazo qildi deylik, u o'sha kuni o'zini yashamaganday his etadi va holsizlanib qolishi mumkin. Negaki, uning qalbi islom bilan, Allohga muhabbat bilan yashaydi.

Biz nima qilyapmiz, nafsimizga va qalbimizga nimani joylayapmiz va boshqa shu kabi savollarni o'zingizga berib ko'ring?!

Qalb ozuqasi uchun eng yaxshi ozuqa bu ilm o'rganish va ortiqcha keraksiz narsalardan uzoq bo'lishdir. Musiqa, kino, serial hakozo keraksiz yozishmalardan uzoq bo'lgan odam o'ziga munosib va eng yaxshi qalb ozuqasini topadi, inshaalloh!

P.s: Bu post foydali bo'lgan bo'lsa o'z yaqinlaringiz bilan, postda yozilganlari bo'yicha o'zingizni tahlil qiling. Postda shaxsiy fikrlar yozilganini unutmang, nuqson va kamchiliklari uchun!

Suxrobjon Xurramov

@suxrobjonxurramov