Get Mystery Box with random crypto!

Xotira va xayol

Telegram kanalining logotibi xotira_va_xayol — Xotira va xayol X
Telegram kanalining logotibi xotira_va_xayol — Xotira va xayol
Kanal manzili: @xotira_va_xayol
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21
Kanalning ta’rifi

Qani edi xayollarni boshqarishning iloji boʻlganida edi...

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-02 09:11:06 Ғалати-я?

Қадимдан айтишади: Хурсандчилик чегарадан ўтса йиғлатади. Ғам ҳаддан ошса кулдиради.

Манба: @MubashshirAhmad
6 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-07-02 09:01:17 10.06.1995-10.06.2022
6 views06:01
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:11:06 Сўранг! Сўраб кўринг!

Олимларнинг, диндорларнинг хатосига қараб диндан совуётганлардан, бойларнинг хатоларини кўриб нега пулдан совумаётганларини сўранг.

Шайх Маҳмуд Устаусмонўғли Нақшбандий
7 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-06-30 09:11:06 Eng yaxshi kun gunohsiz o’tgan kuningizdir!
Eng yaxshi sovg’a o’zingiz bilmagan xolingizda
sizning xaqqingizga duo uchun ko’tarilgan qo’ldir!
Eng yaxshi odam sizni Alloh uchun sevgan insondir!

Manba: Isomiddin Chuliyev
8 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-06-29 22:00:06 Sardor Rahimxon va Odilbek Holiqov - Munojot YA ALLOH

Yuborsang o'zingni yoningga yubor,
Chaqirsang o'zingni qoshingga chaqir.
Ko'zimdan o'tolmay sargashta g'ubor,
Nomingni aytganga najot bor axir.

Ya Alloh, ya Alloh, ya Alloh
Ya robbiy, ya robbiy, ya Alloh.

Yodingla bandi et sarkash xayolim,
Boshqani o'ylamay, boshqani demay.
Sohibi qudratim, sohib jamolim,
O'zgani o'zingday sevdirma, sevmay.

Ya Alloh, ya Alloh, ya Alloh
Ya robbiy, ya robbiy, ya Alloh.

Manglayga oshiq deb dastxat bitib qo'y,
Toabad dunyoga ishqim tushmasin.
Manglayimga oshiq deb dastxat bitib qo'y,
Hayotbaxsh so'zlarga dilimni boyla.

Tazarru mendandir, mag'firat sendan,
Rahm ayla, rahim ayla, yana rahm ayla.
Ya Alloh, ya Alloh, ya Alloh
Ya robbiy, ya robbiy, ya Alloh.

#hidoyat
37 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2022-06-29 22:00:06 Bugundan boshlab, kanalimizda Alloh va uning rasulini (s.a.v.) madh etuvchi media fayllarni ulashib boramiz. Tinglang, ko'ring, Allohni zikr qiling, rasulullohga (s.a.v.) salovatlar ayting va oxiratni eslab turing!!!
36 views19:00
Ochish/sharhlash
2022-06-29 11:31:08 “Bir asr yashab, oʻlim oldida turgan insondek his qilyapman oʻzimni. Oʻtmishimga boqsam - hayotim mazmunsiz, gunohlar bisyor. Tavba qilib, qayta yashashga umid yoʻq.” - deb oʻylab tursam, yaqin doʻstlarimdan biri telefon qilib toʻyga taklif qip qoldi. “Kel, hamma doʻstlar yig’ilishib bir yoshlik gashtini suraylik!” - deydi.
Menimcha hali yashashga, orzu-niyat qilishga, eng muhimi tavba qilishga imkoniyat bor.
Boraqolay, axir meni buyuk ishlar kutmoqda!!!

#xotira_va_xayol
35 viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash
2022-06-28 23:04:27 Bir kitob borki, uni o’zingiz yozgansiz ,
Lekin ilk bor o’qiganingizda xayron qolasiz.
Bu “Qiyomat” kunidagi kitobingizdir..
Uni faqat solih amallar bilan to’ldiring..!
34 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-06-28 12:14:06 1. Mehrning ortiqchasi, xuddi boshqa hamma narsaning ortiqchasi kabi, mehr berilayotgan inson uchun yomon ta’sirga ega. U hatto insonning hayotiga xavf solib, oʻlimgacha olib borishi mumkin. Ya’ni ortiqchasi ortiqcha, zararli. Buni farzand tarbiyasida ham yodda tutmoq muhim!
2. Birovga baht berish orqali, ya’ni kimnidur bahtli qilib ham bahtli boʻlsa boʻladi. Baht ulashish ham bir baht!
3. Inson choʻkayotganini koʻrsangiz shunchaki qarab turmang! Yo koʻzingizni yumib oling, yo teskari qarab oʻtib keting .
Ammo haqiqiy inson boʻlishni xohlasangiz, qoʻlingizdan kelmasada, qutqarishga urinib koʻring. Niyat va amal bizdan, natija esa Allohdan. Unutmang!
4. Mehr har qanday tosh yurakni, qotib qolgan miyani, qorayib ketgan ichni va hatto yomon xulqni ham oʻzgartira oladi. Oʻzgarish yoki oʻzgartirishni xohlasangiz, eng zoʻr qurol bu - mehr! Ammo oʻsha tepadagi gap: Juda ortiqchasi zarar!
5. Kimligingizni bilmoqchi boʻlsangiz, kimni sevganingizga boqing. Qanday insonni sevishingiz, sizga oʻzingiz haqingizda koʻp ma’lumotlar berishi mumkin.
6. Kulni yoqishga urinmang! Qancha urinsangiz ham, kul qayta yona olmaydi. Siz yaxshisi yoqishga boshqa narsa toping va olovni undan qidiring!
7. Hayotimiz ajoyib-u g’aroyib voqealarga toʻla. G’alati va noodatiy tasodiflar, koʻzga tashlanmasada bazi moʻjizalar, noyob insonlar va xayolingizga kelishi ham mumkin boʻlmagan voqealarga guvoh boʻlarkansiz. Ularning hikmatini ba’zida darhol, ba’zida keyinroq tushunib lol qolasiz va osmonga qarab: “ Ya Alloh, bilaman bu seni ishing, barchasi uchun oʻzingga shukr deb yuborasiz.
8. Yashar ekanmiz, hayotimiz davomida kattayu-kichik koʻp xato qilamiz. Bazi xatolar bilinmay ketsa-da, bazilari biz uchun bir umrlik achchiq dars boʻlib, yuragimizning bir chetida abadiy qolib ketadi.
9. Hayotga, taqdirga qarshi boʻlib isyon koʻtarmang. U qanday holatda boʻlsa ham, qanday holatga kelib qolgan boʻlsa ham, shunday boʻlishiga balki begona, balki eng yaqin insonlaringiz sabab boʻlgan boʻlsa ham, Allohning qadariga qarshi isyon koʻtarmang. Chunki bu - sizning hayotingiz, sizning taqdiringiz.
Bolam, boʻldi-da endi. Boshqa ishing yoʻqmi, bitta kinogayam shuuuncha izoh yozadimi? - deydigan odam yo’g’e
Xullas, shunaqa gaplar. Ora orada oʻzbek kinoyam koʻrib turish kerak ekan!

#movie_time #muallif
58 viewsedited  09:14
Ochish/sharhlash
2022-06-28 12:14:06
Oʻzbek kino!

Men deyarli oʻzbek kino koʻrmayman, koʻp oʻzbeklar qatori menimcha. Bundan oldin menga yoqqan oʻzbek filmlari “Vatan” va “O’tov” filmlari boʻlgan. Ularning suratga olinganiga ancha boʻlganidan, anchadan beri oʻzbek kinosini koʻrmaganimni sezdim. (Oʻzi rostini aytsam bu filmni borligini ham tasodifan, uning soundtregidan koʻrib qolib, bildim )
Xullas bu safargi film nomi “Majnun”. Film izohi sifatida esa ushbu gap keltirilgan: “U oʻlmagan, ammo tirik ham emas.” Oʻsha afsonaviy ism. Hazrat Navoiyning ijod mahsuli. Toʻg’ri bu film mohiyati va saviyasi “Layli va Majnun”dan ancha past. Ammo filmda muhabbat, sadoqat, ishonch, doʻstlik, insoniylik kabi hozirgi kunda kamayib ketayotgan “g’alati” hislatlarni koʻrish mumkin. Balki shuning uchun ham u menga yoqqandur. Biroz achinarli hikoya boʻlsada, yakuni mantiqan goʻzal.
Filmi tomosha qilgach, bir qancha xulosalar qildim:
6 views09:14
Ochish/sharhlash