Get Mystery Box with random crypto!

Ya Alloh sen mehribon, Allohu Alloh! Seni deb kuydi bu jon, Al | Xotira va xayol

Ya Alloh sen mehribon, Allohu Alloh!
Seni deb kuydi bu jon, Allohu Alloh!
Senga muhtoj bor inson, Allohu Alloh!

Olamlarning robbisi, Allohu Alloh!
Mo'minlarning panohi, Allohu Alloh!
Yuragimning sultoni, Allohu Alloh!

Hidoyat ayla bizga, Allohu Alloh!
Panoh bo'l yurtimizga, Allohu Alloh!
Iymon ber qalbimizga, Allohu Alloh!

Alloh meni dardimni, bu oh-zorimni,
Rahm ayla, kechirgin gunohlarimni,
Qabul etgin mehribonim duolarimni.

Yo'q xudo sendan boshqa, Allohu Alloh!
Muhammad (s.a.v.) rasululloh, u habib Alloh.

#hidoyat