Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Rahimxon- Rasululloh bo’lsalar edi. (Bolajonlar ijrosid | Xotira va xayol

Sardor Rahimxon- Rasululloh bo’lsalar edi. (Bolajonlar ijrosida)

Har bir dard-u g'amlarga tabib,
Bir inson bor, bo'lmaydi topib.
Bugun unga muhtojmiz bizlar,
U - Muhammad(s.a.v.), Allohga habib.

Holimizni ko'rsalar edi,
Oramizda yursalar edi,
Chora topilar har dardga shaksiz,
Rasululloh (s.a.v.) bo'lsalar edi.

Sunnatlarin bajarib, suyib,
Yuzlariga yuzimiz qo'yib,
Quchoqlasak, qaniydi to'yib,
Rasululloh (s.a.v.) bo'lsalar edi.

Yetim haqqin yemasdi boylar,
Qurmas edi tillo saroylar,
Bo'lmas edi ishratgoh joylar,
Rasululloh (s.a.v.) bo'lsalar edi.

Yo habibim, yo Muhammad (s.a.v.)
Yo rasulim, yo Muhammad (s.a.v.)
Sizga bo'lsin ummatingizdan
Durud-salovat Muhammad (s.a.v.).

#hidoyat