Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛 X
Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Kanal manzili: @xorijdan_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.00K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali.
👨‍👦‍👦Guruhimiz: @Xorijdanperevod
Reklama uchun: @Rasmiy_agent

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2022-06-17 08:18:53 «Perevod» bo'yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya'ni rasmiy kuchga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o'qishni ko'chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko'chsa va turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini o'sha hududga ko'chirmoqchi bo'lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo'q. Boshqa hududga ham, o'z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o'qishni ko'chirish

Bunda o'tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

O'zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish

Bunda ham o'tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to'lab ko'chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o'zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish mumkin yoki mumkin emasligini o'sha OTMning o'zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

xushnudbek

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
4.1K views05:18
Ochish/sharhlash
2022-06-16 20:27:26
Xorijdan o'qishni ko'chirish imtihoni DTM ixtiyoriga topshirildi

Xorijdan o'qishni ko'chirishda 2022-yil o'tish bali 70dan 140 ballgacha etib belgilandi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
3.1K viewsedited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-06-15 23:03:05
#Xorijdan_perevod

Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
3.0K views20:03
Ochish/sharhlash
2022-06-15 22:35:43 #rasman #perevod

Talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha quyidagi tartib joriy etilmoqda:


Unga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalariaro talabalar oʻqishini koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Boshqa hollarda bir davlat OTMdan boshqasiga (hududidan qatʼi nazar) oʻqishni koʻchirishga ruxsat etilmaydi.

Qaror rasman tasdiqlandi! Joriy yildan boshlab ichki perevod bo‘yicha yuqoridagi 2 toifadagi talabalar o‘z o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Xorijdan perevod qilish to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yilgi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. Joriy yilda xorijdan perevod bo‘yicha hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
2.7K views19:35
Ochish/sharhlash
2022-06-15 15:56:29 Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

O'qishni ko'chirish uchun test sinovlari abituriyentlarnikidan farq qilishi mumkin.

@Xorijdan_Perevod
2.8K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-06-12 16:46:20 Хориждан ва Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда ҳам тартиб ўзгардими?

ЖАВОБ:
Йўқ, улар учун жорий йилда ҳеч нарса ўзгармайди, ўтган йилги тартиб сақланиб қолади.

Бу ҳақда олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов овозли чатда маълум қилди.

Яъни аввалроқ эълон қилинган ўтиш баллари асосида тест ёки ижодий имтиҳон топширилади.

АММО! Аммо вазирнинг айтишича, кейинги йилдан бошлаб хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда ўтган йилги ўтиш баллари асос қилиб олинади. Мисол учун Тошкент тиббиёт академияси даволаш факультетига кириш бали 160 балл бўлган бўлса, унда ўқишни кўчирмоқчи бўлганлар ҳам 160 балл олиши талаб этилади.

Жорий йил хорижга ўқиш мақсадида эмас, фақат ўқишни кўчириш мақсадида кетадиганлар бундан тегишли хулоса чиқариши керак.

Перевод буйича малумотлар
@Xorijdan_Perevod
3.5K views13:46
Ochish/sharhlash