Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu post talaba va abituriyentlarning talabiga binoan qayta | Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Ushbu post talaba va abituriyentlarning talabiga binoan qayta joylandi. Buni o‘qib qayta yana o‘qigingiz keladi!

Albatta, o'qing!!!

Talabaman! 2-3yil o'qib izlanib talaba bo'lish nasib etdi. Vodiyda o'qish qiyin ekan!!!
O'qishga kirsam mazza, oq ko'ylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani ozimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi))) shunday o'ylardim.
- To‘g‘ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
- Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista, bodom bervorishibdi. Faqat shuginamas uydaligimda! Oyiii pishtimi noniiiz qorin ochib kettikuuu! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan isssiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi. Pulni bir o'rtog'im olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.
Dadam bo‘lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasilar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.
- Raxmat onajon yetib keldi. Onam hudoga shukur yaxshi o'qinglar bolam dedi. Rahmat onaaa deyolmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmasdi boshqa ovolgin deyishdi.
- Ehh onaa deb to‘xtab qoldim . Sizgakuu tufligimni rangi yoqmabti boshqa ool deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz onaa .
Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabmanu, o'z jannatimni unutayozibmanku men nodon. Otam bolsa qizlar qale deb xazil qilishdi . Kulgim kelib bo'g'zimdagi yig'i tarqab ketti. Yana o‘g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bo‘g'zimni bug'di. Esimda dadam issiq kurtka olsam bo‘larkan deb yurgandi. Dada kurtka oldizmi dedim. Yoq o‘g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragandi shunga bergandim pulimni. Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deyolmay qoldim hech narsa.
Dada o‘zim tel qilaman chaqirib qolishti deb zo'rg'a telefonni qo‘ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o‘z farzandini o‘zidan ko'p yaxshi ko'radi. Biz bo‘lsak hali vaqt boor deymiz. Tog'ri vaqt boor!!! Eendigina 21 ga kirdim. Xato o‘ylaymiz! 21ga kirgunimcha 21 yilga qarishtiku otam, onam. Tun-u kun telefon chuqulab qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko‘raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o‘tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.
Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang. Rahmat! Hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog'-omon bo'lishsin. O'qishilarga OMAD. Ota-onalarimizni qadriga yetaylik baxtimizga sog‘ bo'lishsin!!!

Imkon topsangiz yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘ling

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Davomi ...
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy