Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi | Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

#bilasizmi

Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligiYagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Abituriyentlarga yuborib qoʻying

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod