Get Mystery Box with random crypto!

#Sõragan_edingiz O'qishni ko'chirishda fanlardan qarzdorlik | BEST GONSULTING Xorijda ta'lim ПЕРЕВОД Qozog'istonda, Qirg'izistonda, talim, perevod qilish

#Sõragan_edingiz

O'qishni ko'chirishda fanlardan qarzdorlik bo'lmasligi kerakmi

Javob: O'qishni ko'chirish uchun oxirgi semestrdan qarzdorlikning ahamiyati yo'q, biroq undan oldingi semestrda fanlardan qarzdorlik bo'lmasligi kerak. Ya'ni, siz 2-kursda o'qiyotgan bo'lsangiz, 3-semestrdan qarzdor bo'lmasligingiz kerak. Biroq 4-semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham ahamiyati yo'q.

Bu o'qishingizni ko'chirishda halal bermaydi. Transkriptni olishda ham oxirgi semestrdan fanlardan qarzdorlik sifatida olsangiz ham zarari yo'q. Ammo undan oldingi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak.

Bundan tashqari, birinchi kursning birinchi semestrdagi fanlarni to'liq yopish majburiy hisoblanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
#Perevod_2022

O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA

Agarda siz o'qiyotgan ta'lim yo'nalishida semestr yakunlangan bo'lsa, o'zingiz o'qiyotgan oliygohdan transkript va "o'qiydi" degan ma'lumotnoma olib qo'ying.

Transkript - bu siz o'qigan fanlar va ulardan o'zlashtirgan baholaringizni o'zida aks etgan bir yoki ikki varoqli hujjat bo'lib reyting daftarchasi (zachotka) o'rnini bosadi.

Agarda transkript ololmasangiz, rayting daftarchangiz (zachotka)ni hamma betini rasm olib yoki skaynerlab pdf shakliga keltirib qo'ying.

Ushbu hujjatlar o'qishni ko'chirish uchun asosiy talab etiladigan hujjat bo'lib, hozirdanoq harakatni boshlashingizni tavsiya qilamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
https://t.me/xorijda_talim_perevod