Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish mil | 🔔Xorazm viloyati PYMO'M markazi

Xorazm viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida markaz Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Jumaniyazova T. rahbarligida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusidagi ilmiy-adabiy tadbir o`tkazildi. Ushbu tadbirda Markazning barcha xotin-qizlari ishtirok etdi. Tadbirni Hududiy markaz direktori Y.Saidov kirish so`zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Markaz kasaba uyushma qo`mitasi raisi R.Begliyev tadbirning ilmiy-amaliy ahamiyati va bugunbgi kunda Yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlarga bo`lgan e’tibor haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Shundan so`ng Markaz xotin-qizlar qo`mitasi raisi Jumaniyazova T. ushbu tadbirni o`tkazishdan maqsad uzoq yillar davomida malaka oshirish tizimida faoliyat olib borayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug`ullanayotgan va yuqori natijalarga erishgan ayollarni e’tirof etish, kelgusi ishlarida bundanda yuqori marralarni zabt etishlarida yanada kuch-g`ayrat bag`ishlashdan iborat ekanligini ta’kidlab o`tdi.