Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va u | 🔔Xorazm viloyati PYMO'M markazi

Xorazm viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, kimyo fanlar nomzodi, dotsent, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash aʼzosi Qulimov Oybek Karimovich muallifligida kimyo fani yo`nalishi bo`yicha “Kimyo 10 sinf” Mobil elektron qo‘llanmasi yaratildi va O‘zR Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligidan Guvohnoma olindi. Bu mobil ilovada umumtaʼlim maktablari 10-sinf o‘quvchilari va kimyo o‘qituvchilari uchun 10-sinf Organik kimyo darslari uchun choraklar kesimida mavzular matni hamda har chorakda o‘tkaziladigan nazorat ishiga tayyorlanish uchun o‘rgatuvchi dastur asosida tayyorlangan testlar to‘plami joy olgan. Bu Mobil ilova Android dasturi smartfonlarda ishlatish juda qulay bo‘lib, foydalanuvchi Internet trafigi sarflamasdan xohlagan paytida smartfon orqali dasturdan samarali foydalanishi mumkin.