Get Mystery Box with random crypto!

Qiz chaqaloqning qulog'ini qachon teshtirsa bo'ladi? Istalgan | 👑Homiladorlik Sirlari🤰

Qiz chaqaloqning qulog'ini qachon teshtirsa bo'ladi?

Istalgan muddatda bu amaliyotni qilish mumkin, ayrim hollarda bu tug’ruqxonada amalga oshiriladi. Bola qancha kichik bo’lsa, og’riq sezgisi shuncha kam bo’ladi va tezda yodidan chiqaradi. Boshqa jihatdan aqlini tanimagan davrida hadeb e’tibor berib qulog’ini ushlayvermaydi va jarohatga infeksiya tushmay tez bitadi.

Ba’zi psixologlarning fikricha qiz bola qachon aqlini tanib zirak taqishini aytsa, shunda olib borish kerak ekan, bu uning shaxsiy tanlovi ekanligi sabab. Lekin ona bola juftligida ona bolasi esini tanigunicha yo’lboshchi va qaror qabul qiluvchi bo’lishi kerak. Onaning zirak taqishni hal qilishga to’laqonli haqqi bor deb o’ylayman.

Qolaversa, juda ko'p qizchalar 7-8 oyligidan aynan onasiga taqlid qila boshlaydi.

  @xomiladorlik_sirlari