Get Mystery Box with random crypto!

Bolani uxlatish sirlari Bola qanchalik charchagan bo'lmasin, | 👑Homiladorlik Sirlari🤰

Bolani uxlatish sirlari

Bola qanchalik charchagan bo'lmasin, uxlatishga ko'pincha qarshilik ko'rsatadi. Ota-ona bolani uxlatishda asosan quyidagi xatoga yo'l qo'yadi:

Bolani juda kech uxlatish.
Ba'zi ota-onalarning bolani o'z vaqtida uxlatishga vaqti bo'lmaydi, ba'zida maktab yoshidagi bolalarning dars va to'garaklar tufayli o'ynashga vaqti qolmay kechqurun o'ynavolib tunga yaqin yotishga odatlanadi. Yana bir turdagi ota-onalar bola ko'proq charchasa yaxshi uxlaydi deb, bolani juda kech uxlatishni afzal ko'radilar.

Natijada bola uyquga to'ymaydi, uyquga to'ymaslik esa bolaning sog'lom o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Yechim: bolani har kuni bir vaqtda, ertaroq uxlatishni odat qilib oling. Erta uxlagan bola, erta uyg'onib kun mobaynida tetik bo'ladi va asabiylashmaydi. Har kuni bir vaqtda yotishga o'rgangan bola organizmi ham borib-borib aynan shu vaqtda uyquga ketishga odatlanadi.

  @xomiladorlik_sirlari