Get Mystery Box with random crypto!

Emizish uchun tayyorgarlik ko'rish Emizishga siz jismonan, ps | 👑Homiladorlik Sirlari🤰

Emizish uchun tayyorgarlik ko'rish
Emizishga siz jismonan, psixologik qanchalik tayyor bo'lsangiz, emizish jarayoni ham shunchalik oson kechadi.
Demak:
1. Ko'kragingizni tayorlang- Ko'kragingizni massaj qiling (homiladorlik davrida bu hammaga ham mumkin bo'lavermaydi, shuning uchun tug'ib bo'lgach maxsus yog' bilan massaj qilish foydali bo'ladi);
2. Ko'kragingizda hech qanday kasallik yo'q ekanligiga amin bo'ling;
3. Jismonan tayyor bo'lishdan tashqari, psixologik tayyorgarlik katta ahamiyatga ega. Bolalarini emizgan onalar bilan ko'proq muloqotda bo'ling, "emizish shart emas", "men bolamni emizmasdan juda yaxshi katta qildim", degan onalardan o'zingizni olib qoching;
4. Emizish pozitsiyalarini o'rganib chiqing.
Agar emizishga boshidan ma'suliyat bilan yondashib, unga jismonan va ruhan tayyorgarlik ko'rsangiz,emizish davomida sut yetishmasligi, bola ko'krakni to'g'ri tuta olmasligi kabi muammolarga duch kelmaysiz.
@homiladorlik_onalik
@xomiladorlik_sirlari