Get Mystery Box with random crypto!

Sharqiy ekspersdagi qotillik Agata Kristi dedektiv qirolichasi | Adabiy maslahatchi

Sharqiy ekspersdagi qotillik
Agata Kristi dedektiv qirolichasi deb taʼriflanadi. Koʻp hollarda adiba yaratgan Erkyul Puaro obrazini Artur Konan Doyl qalami moʻjizasi Sherlok Xolms siymosiga qiyoslashadi va taqqoslashadilar. Ushbu qiyos Agata Kristining oʻziga ham qiziq boʻlgan boʻlsa kerak.

"Sharqiy ekspresdagi qotillik" asarida Sherlok Xolms va uning mashhur metodiga ishora berib ketilgan. Yaʼni qahramonlar suhbatida shu mazmundagi gap bor: Jinoyatchini barmoq izlari va tamaki kukuniga qarab topish amalda ilojiz ish, men asosan psixologiyaga suyanaman, deydi jimjimador moʻylovli Puaro.

Tamaki kukuniga qarab jinoyatchini aniqlash Sherlok Xolmsning ajoyib va aql bovar qilmas metodi! U kishi hattoki bu mavzuda katta bir monografiya yozgani haqida ham hikoyalarning birida aytib oʻtgan.