Get Mystery Box with random crypto!

Senda hayol, senda fikr o'tar tunlar, Kim yig'laydi, kim baxti | Xojiakbar Xakimov

Senda hayol, senda fikr o'tar tunlar,
Kim yig'laydi, kim baxtiyor sezmayman
Xotiramda aylanadi o'sha kunlar
Kim sog'indi, kim kimga zor bilmayman.

Asrab yurgan, mehr bergan chin sevgimga,
Kim qayg'urdi, kim etdi xor sezmayman.
Dardim aytsam, chidolmagan ushbu tunda,
Kim uyquda, kimlar bedor bilmayman.

Ishonch ila ko'p aytilgan va'dalarga,
Kimlar sodiq, kimda vafo bilmayman.
Ko'p qiynalib, aldamchilar yolg'onidan,
Kimlar voqif, kimga jafo qilmayman.

Gullamasdan erta so'lgan tuyg'ularim,
Kimga qiziq, kimlar befarq bilmayman.
Kim uchundir qadri bor bu yuragimni,
Bundan buyon behudaga tilmayman.

Asl sevgim, g'arib sevgim chin sevgim,
Kimga kerak, kimga davo sezmayman.
Kechalari birga qilgan orzulardan,
Kim qaytadi, kimda hayo bilmayman.



Hojiakbar Hakimov



@xojiakbar_xakimov1