Get Mystery Box with random crypto!

To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

Telegram kanalining logotibi xatoliklar_lotin — To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin) T
Telegram kanalining logotibi xatoliklar_lotin — To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Kanal manzili: @xatoliklar_lotin
Toifalar: Bloglar , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.07K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi.
Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ
Reklama: @nuqtavergul
Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash:
t.me/xatoliklar_lotin/507

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-11-20 11:01:15 Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, «yoʻqni yoʻndirish», topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.

Bu maqolning odamlarning pulga nisbatan obyektiv va subyektiv qarashlari, munosabatlari hamda tushunchalari oʻz ifodasini topgan bir talay variantlari mavjud:
• Pul — belga quvvat, boshga — toj.
• Gavhar belni baquvvat qiladi.
• Pul tilni biyron, dastni daroz (qoʻlni uzun) qiladi.
• Pullikka — bozor, pulsizga — mozor.
• Puli borlar — yoʻrgʻa-yoʻrgʻa, puli yoʻqlar — zoʻrgʻa-zoʻrgʻa.
• Puli borning ogʻzi oʻynar, puli yoʻqning koʻzi oʻynar.
• Pul zamburning nishini (qovogʻari) qaytarar...

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
5.6K views08:01
Ochish/sharhlash
2021-11-20 07:00:54
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
87%
Musibat
13%
Musiybat
3.1K voters5.8K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-11-19 12:34:11 Doʻst hisobi — dilida

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: biror kim bilan har qancha qalin doʻst boʻlsang ham, oldi-berdi muomalangni toʻgʻrilab yur, doʻstingning haq(q)iga xiyonat qilma, toki ikki oʻrtada koʻngil qolarli, ajralib ketishga sabab boʻlarli ish voqe boʻlmasin.

Boshqa shakllari:
• Doʻsting doʻst boʻlsin, hisobing durust boʻlsin.
• Hisobli doʻst ayrilmas, qush qanoti qayrilmas.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
4.8K views09:34
Ochish/sharhlash
2021-11-19 10:33:38
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
41%
Kokos
59%
Kakos
3.1K voters5.7K views07:33
Ochish/sharhlash
2021-11-18 11:00:14
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
72%
Din ruknlari
28%
Din rukunlari
3.0K voters5.6K views08:00
Ochish/sharhlash
2021-11-18 09:04:47
Mamlakatimizning yirik korxonalaridan biri, paxta tozalash sohasida deyarli monopol boʻlgan korxonaning nomi va logotipidagi xato. Buning ustiga, saytning oʻzbekcha versiyasi ishlab chiqilmagan.

Pahta
Paxta

*Rasm obunachilarimizdan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
4.5K views06:04
Ochish/sharhlash
2021-11-18 07:21:28 Ajuz va ayamajuz

Ajuz
soʻzi arab tilidan olingan va ikki maʼnoda qoʻllanadi:
1. Qariya
2. Qari ayol, kampir

Bizda ayamajuz degan soʻz bor, eshitganlar bormi? Uning asli ayyom(i) ajuz boʻlib, qariya kunlari degani. Bu jumla lugʻatda «qishning oxirgi haftasi» deb izohlangan. Ammo nima uchun bu davr «qariya kunlari» deb nomlangani menda qiziqish uygʻotdi.

Izlanganlarim natijasida quyidagilar maʼlum boʻldi:
— Ayyom ajuz fevralning soʻnggi 4 kuni va martning dastlabki 3 kuniga toʻgʻri keladi.
— Bu jumlaning tarixi qadimgi arab xalqlariga borib taqaladi.
— Uning kelib chiqishi borasida bir necha taxminlar bor:

1. Fevralning oxiri va martning boshi yilning eng sovuq kunlari hisoblangan. Keksa yoshdagilar bunday sovuqqa bardosh bera olmay, mehnat layoqatini yoʻqotganlar yoki vafot etganlar.

2. Hikoyaga koʻra, bir keksa ayol oʻz xalqini kechki qishdan ogohlantiradi, ammo xalq bunga ishonmaydi. Odamlar kunlar isiy boshlaganiga aldanib, dehqonchilik va chorvachilik ishlarini boshlab yuboradilar. Ammo qahraton sovuq kunlar qaytib, ekinlarni barbod qiladi, chorvalarni halok qiladi. Shundan buyon bu davr «qariya kunlari» deya boshlangan.

3. Afsonaga koʻra, badaviylar oʻz chorvalarini boqish uchun choʻllardan yaylovlarga koʻchib keladilar. Ammo ularga yaqin kunlarda havo sovib ketishini, qor va yomgʻir yogʻishini aytishadi. Buni eshitgan badaviylar oʻz yerlariga qaytib ketishadi, faqatgina bir kampir ogohlantirishga parvo qilmay, oʻzining oltita qoʻyi bilan yaylovda qoladi. Fevral oyi yakunlanib borishiga qaramay, havo ochiqligicha qoladi. Bundan kampir xursand boʻladi va fevral oyi ustidan piching qiladi.

Bundan gʻazablangan Fevral oʻz akasi (yoki ukasi?) Martning oldiga boradi va «Mendan 4 kun, sendan esa 3 kun kampirni badnom qilish uchun yetadi», deydi. Natijada kunlar soviydi, kuchli yomgʻir yogʻib, soylar suvga toʻladi. Toshqin kampir va uning qoʻylarini yuvib ketadi.

4. Bu kunlar ayyomi husum deb ham nomlanadi. Qurʼoni karimning Haqqo surasi, 7-oyatida bu jumla kelgan va oyatda Samud va Od qavmining yetti kun va sakkiz tun davomida tinimsiz davom etgan asov shamol bilan halok qilingani aytilgan.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
4.8K views04:21
Ochish/sharhlash
2021-11-16 10:32:32
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
76%
Mahsulot
24%
Maxsulot
3.1K voters5.8K views07:32
Ochish/sharhlash
2021-11-15 08:37:24
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
58%
Tanovor
42%
Tanovar
3.1K voters5.9K views05:37
Ochish/sharhlash
2021-11-14 21:22:25
Lotin alifbosini yangilash boʻyicha loyihaga birmuncha oʻzgartirish kiritilibdi. Maʼlum boʻlishicha, bu yakuniy taklif va u yaqin orada koʻrib chiqish uchun parlamentga kiritiladi.

Yana turfa xillik, yana chalkashlik, yana oʻzbilarmonlik... Bu yerda eng katta muammo keltirib chiqaradigan holat — ñ (ng) harfi. Soʻz morfologiyasini bilmagan odam savodsiz boʻlib qolaveradi: menga soʻzida alohida n va g harflari borligini, mening soʻzida esa yaxlit ng tovushi borligini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun savodsizlik darajasi yana bir pogʻonaga koʻtariladi.

Batafsil: https://kun.uz/39975909

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
6.1K views18:22
Ochish/sharhlash