Get Mystery Box with random crypto!

Ajuz va ayamajuz Ajuz soʻzi arab tilidan olingan va ikki maʼn | To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

Ajuz va ayamajuz

Ajuz
soʻzi arab tilidan olingan va ikki maʼnoda qoʻllanadi:
1. Qariya
2. Qari ayol, kampir

Bizda ayamajuz degan soʻz bor, eshitganlar bormi? Uning asli ayyom(i) ajuz boʻlib, qariya kunlari degani. Bu jumla lugʻatda «qishning oxirgi haftasi» deb izohlangan. Ammo nima uchun bu davr «qariya kunlari» deb nomlangani menda qiziqish uygʻotdi.

Izlanganlarim natijasida quyidagilar maʼlum boʻldi:
— Ayyom ajuz fevralning soʻnggi 4 kuni va martning dastlabki 3 kuniga toʻgʻri keladi.
— Bu jumlaning tarixi qadimgi arab xalqlariga borib taqaladi.
— Uning kelib chiqishi borasida bir necha taxminlar bor:

1. Fevralning oxiri va martning boshi yilning eng sovuq kunlari hisoblangan. Keksa yoshdagilar bunday sovuqqa bardosh bera olmay, mehnat layoqatini yoʻqotganlar yoki vafot etganlar.

2. Hikoyaga koʻra, bir keksa ayol oʻz xalqini kechki qishdan ogohlantiradi, ammo xalq bunga ishonmaydi. Odamlar kunlar isiy boshlaganiga aldanib, dehqonchilik va chorvachilik ishlarini boshlab yuboradilar. Ammo qahraton sovuq kunlar qaytib, ekinlarni barbod qiladi, chorvalarni halok qiladi. Shundan buyon bu davr «qariya kunlari» deya boshlangan.

3. Afsonaga koʻra, badaviylar oʻz chorvalarini boqish uchun choʻllardan yaylovlarga koʻchib keladilar. Ammo ularga yaqin kunlarda havo sovib ketishini, qor va yomgʻir yogʻishini aytishadi. Buni eshitgan badaviylar oʻz yerlariga qaytib ketishadi, faqatgina bir kampir ogohlantirishga parvo qilmay, oʻzining oltita qoʻyi bilan yaylovda qoladi. Fevral oyi yakunlanib borishiga qaramay, havo ochiqligicha qoladi. Bundan kampir xursand boʻladi va fevral oyi ustidan piching qiladi.

Bundan gʻazablangan Fevral oʻz akasi (yoki ukasi?) Martning oldiga boradi va «Mendan 4 kun, sendan esa 3 kun kampirni badnom qilish uchun yetadi», deydi. Natijada kunlar soviydi, kuchli yomgʻir yogʻib, soylar suvga toʻladi. Toshqin kampir va uning qoʻylarini yuvib ketadi.

4. Bu kunlar ayyomi husum deb ham nomlanadi. Qurʼoni karimning Haqqo surasi, 7-oyatida bu jumla kelgan va oyatda Samud va Od qavmining yetti kun va sakkiz tun davomida tinimsiz davom etgan asov shamol bilan halok qilingani aytilgan.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin