Get Mystery Box with random crypto!

#savolga_javob Oʻzbekcha soʻzlar maʼnolarini va imlosini qays | To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

#savolga_javob

Oʻzbekcha soʻzlar maʼnolarini va imlosini qaysi saytdan topsak boʻladi?

Men saytlardan emas, bevosita lugʻatlardan foydalanishni tavsiya qilaman, chunki saytlardagi maʼlumotlarning manbasi — lugʻatlar.

1. Soʻzlarning maʼnolarini bilish uchun «Oʻzbek tilining izohli lugʻati»dan foydalaning. Imkon boʻlsa, 2020-yilda yangitdan nashr etilgan 5 jildli bosma shaklini sotib oling, boʻlmasa — eski nashrini yuklab olishingiz mumkin:
• Oʻzbek tilining izohli lugʻati

2. Soʻzlar imlosi bobida hozircha 2013-yilda chop etilgan «Oʻzbek tilining imlo lugʻati» akademik nuqtayi nazardan nufuzliroq boʻlib turibdi. Bu lugʻat lotin va kirill alifbolarida kanalimizga joylangan:
• Kirill alifbosida
• Lotin alifbosida

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin