Get Mystery Box with random crypto!

#savolga_javob Inglizcha DM abbreviaturasiga izoh bersangiz | To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

#savolga_javob

Inglizcha DM abbreviaturasiga izoh bersangiz

Aslida, savolga aniqlik kiritib ketish kerak edi, chunki DM turli sohalarda turlicha soʻzlarning qisqartmasi boʻlishi mumkin.

Ammo savolda Direct Message nazarda tutilgani ehtimolining yuqoriligini inobatga olib, shu tushunchaning mazmunini koʻrib chiqamiz.

Direct message(s), direkt (yoki dayrekt), personal messages (PM, personal xabar) — bu sayt, ijtimoiy tarmoq yoki messenjerda muayyan bir kishiga joʻnatilgan shaxsiy xabar. Bizda hozir lichka soʻzi urf boʻlgan — u ruscha личные сообщения soʻzlarining erkin qisqartmasi.

«Lichkadan joʻnatib qoʻydim», «Lichkamga tashlab qoʻy» kabi jumlalarni tez-tez eshitib turamiz, hatto oʻzimiz ham ishlatamiz. Koʻrib turganimizdek, rus tilida bu jumla tabiiy ravishda qisqargan va talaffuzga osonlashtirilgan. Biz ham shaxsiy xabarning ogʻzaki nutq uchun qisqa va oson variantini oʻylab chiqsak va uni keng yoya olsak, har holda, ruscha lichka'dan voz kecharmidik...

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin