Get Mystery Box with random crypto!

[Surat 30.jpg] ONAMNİ QARİTİB QO'YMAGİN HAYOT Bahorlar qay | Xasan shoir she'rlari

[Surat 30.jpg]
ONAMNİ QARİTİB QO'YMAGİN HAYOT
Bahorlar qaytadi takror va takror
Qarimas bu fasil chunku beg'ubor
Dunyoda yagonam munis mo'tabar
Onamni qaritib qo'ymagin hayot
=========
Bardoshi olamga beradi chiroy
Ko'klarda yulduzim porlab turgan oy
Onam bilan chiroyli koshonam saroy
Onamni qaritib qo'ymagin hayot
=========
Kabam deb bilaman kabatullohim
Umrinini go'zal qil qodir ollohim
Onam ham bo'ladi go'yo ponahim
Onamni qaritib qo'ymagin hayot
========
Sinam sirlaring bekitmagin qo'y
Onamning har kun bolaversin to'y
Onamday sur hayot sen ham shirin o'y
Onamni qaritib qo'ymagin hayot
========
Otma tosh boshini qilib qo'yma qon
Ezilib yashashdan to'yib ketdi jon
Onani qadirlang do'stim qadirdon
Onalarni qaritib qo'ymagin hayot
==========
Bilmaysan allasin so'zlar gohi dur
Quyosh ham olamga taradadi nur
So'rayman ey hayot o'zingdan uzur
Onamni qaritib qo'ymagin hayot