Get Mystery Box with random crypto!

JUMA MUBORAK Nur taralib bugun tong otdi Nurli tonga jo'sh ura | Xasan shoir she'rlari

JUMA MUBORAK
Nur taralib bugun tong otdi
Nurli tonga jo'sh urar yurak
Ahli mo'min musulmonlarga
Juma ayyom bo'lsin muborak
==========
Poklanadi qayg'udan dillar
O'tar oylar o'tadi yillar
Bugun shunday ulug' bu kunlar
Muslimlarga JUMA MUBORAK
=========
Yetti osmon pardasin ochib
Yer yuziga baraka sochib
Shayton bizdan ketadi qochib
Mo'minlarga JUMA MUBORAK
=========
O'qiladi QU'RON TİLOVAT
Qalbimizda İYMON SALOVAT
Muchamiz sog' bizda HALOVAT
Yor u do'stga JUMA MUBORAK
==========
Farishtalar yig'ilib shu chog'
Yaratadi sahrolarda bog'
Bugun ketar neki bo'lsa dog'
Otam sizga JUMA MUBORAK
==========
Machitlarda jamoat bo'lib
Ho'vlilari limo- lim to'lib
Men ketaman bir kuni o'lib
Qolganlarga JUMA MUBORAK