Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli mijozlar!  Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Hurmatli mijozlar!

 Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning may oyi davomida "Xalq Mobile" ilovasi faoliyatini bosqichma-bosqich to'xtatish ishlari amalga oshirildi. 12-iyun sanasidan ilova faoliyati to'liq to'xtatilishini ma'lum qilamiz.

Ushbu ilovada ochilgan omonat va boshqa barcha amaliyotlaringizni - yangi "xazna" mobil ilovasi orqali boshqarishingiz mumkin.

"xazna" ilovasi bilan bank kartalari orasida bepul pul o'kazmalaridan foydalanishingiz, to'lovlardan keshbek yig'ishingiz, Xalq banki kreditlarini komissiyasiz so'ndirish va boshqa bank xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

"xazna" ilovasini yuklab oling: 
Play market / APP Store.