Get Mystery Box with random crypto!

Bank nomidan foydalanilgan navbatdagi firibgarlik holati Ijti | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Bank nomidan foydalanilgan navbatdagi firibgarlik holati

Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar Xalq banki nomidan foydalanib onlayn-kredit xizmati haqidagi soxta xabarlarni foydalanuvchilari ko‘p guruhlarda tarqatmoqda. 

Aholi va bank mijozlaridan bu kabi yolg'on xabarlarga ishonmaslikni so‘rab qolamiz. Xalq banki tomonidan tegishli tashkilotlarga bunday feyk xabarlar to'g'risida muntazam ma'lumotlar kiritib borilmoqda.

Bank kartasidan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalariga amal qiling! Firibgarlik holatiga duch kelgan bo‘lsangiz:
muammo haqida Xalq bankining 1106 yoki (71) 210 20 02 ishonch raqamlariga murojaat qiling; 
bank kartangizni darhol bloklang;
tegishli organlarga xabar bering.

Xalq banki haqidagi eng to‘g‘ri ma’lumotlarni rasmiy manbalarimizdan tekshiring.

Facebook: fb.com/xalqbankinfo 
Instagram: instagram.com/xalqbankinfo 
YouTube: youtube.com/c/XalqBankinfo 
Telegram: t.me/xalqbankinfo 
Veb-sayt: www.xb.uz