Get Mystery Box with random crypto!

'Oyi, meni aldab ketishdi' Firibgarlardan ehtiyot bo'ling! Ja | Xalq Banki | Rasmiy kanal

"Oyi, meni aldab ketishdi" Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

Jamila opaning o‘smir qizi Jasminaga ijtimoiy tarmoqlardan birida o'tkazilgan tanlovda pul yutib olgani, yutuqni olish uchun yuborilgan havolaga o'tib bank kartasi ma’lumotlarini kiritishi kerakligi haqida xabar jo'natildi. Jasminaning o‘zida bank kartasi yo‘qligi uchun onasining karta ma’lumotlarini qoldirdi. Natijada firibgarlar Jamila opaning bor pullarini yechib oldi.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun hushyor bo‘ling! 

Qandaydir tanlovlarda g‘olib bo‘lganingiz haqidagi xabarlarga ishonib, shubhali havolalarga aslo kirmang;
Bank kartangiz ma’lumotlari, telefoningizga kelgan maxfiy SMS-kodni begonalarga bermang;
Bank kartangiz suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang;
Shubhali veb-saytlarga karta ma’lumotlaringizni kiritmang;
Har qanday xabarni doimo rasmiy sahifalar orqali tekshirib aniqlik kiriting.
 
Unutmang, moliyaviy xavfsizligingiz o‘zingizga bog‘liq.


Facebook | Instagram | Telegram