Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki va Masterсard o'rtasida hamkorlik memorandumi imzol | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq banki va Masterсard o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida Xalq banki Masterсard xalqaro to'lov tizimi kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan mazkur hujjat Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda Masterсard kartalarini chiqarish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida Masterсard turli ekspert va trening dasturlari orqali bank xodimlarining toʻlov tizimlari bilan ishlash, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka va tajribasini oshirishda ko‘mak beradi.