Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy yordam kimlarga berilyapti? Shu mavzuda pensiya jam | Xalq Banki

Ijtimoiy yordam kimlarga berilyapti?

Shu mavzuda pensiya jamgʻarmasi direktori - Abdulaziz Xaydarov jurnalistlarga intervyu berdi.

- yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming soʻmdan;
Toshkent shahrida – 400 ming soʻmdan beriladi.

Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan beriladi.