Get Mystery Box with random crypto!

XALQ TA'LIMI XODIMI

Telegram kanalining logotibi xalq_talimi_xodimi — XALQ TA'LIMI XODIMI X
Telegram kanalining logotibi xalq_talimi_xodimi — XALQ TA'LIMI XODIMI
Kanal manzili: @xalq_talimi_xodimi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.07K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda pedagoglar uchun ta'limiy yangiliklar berib boriladi.
• Admin: @xalq_talimi_xodimi_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2021-01-22 18:20:30 “Tarbiya” darsini qaysi fan oʻqituvchilari oʻtadi?

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2021-2022-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga koʻra, “Tarbiya” fani 1-11-sinflarda 1 soatdan oʻqitiladi.

“Tarbiya” fani dars soatlarini
1-4-sinflarda boshlangʻich sinf rahbarlari,
5-11-sinflarda avvalo “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” fanlaridan dars bergan oʻqituvchilari,
shuningdek, “Tarix”, “Ona tili va adabiyot” fani oʻqituvchilari oʻtadi.

Dars soatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlash tavsiya etiladi.

“Tarbiya” fani 2021-2022-oʻquv yilidan 10-11-sinflarga joriy etildi.

@xalq_talimi_xodimi
4.7K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-21 13:01:28 Ўқитувчиларга вақтинчалик тўхтатилган устамалар 1 январдан тўланади

Хабарингиз бор, Вазирлар Маҳкамасининг «2020 йил учун Ўзбекистон Республикаси давлат бюджетининг барқарорлигини таъминлаш ва харажатларни мақбуллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги 2020 йил 16 апрелдаги 232-сон билан ва 2020 йил 21 сентябрдаги қарорларига асосан бюджет ташкилотларида ишлайдиган ходимларга 1 январга қадар моддий рағбатлантириш махсус жамғармаси ҳамда директор жамғармаси маблағлари ҳисобидан тўловлар ҳисобланишини тўхтатиб турилган эди.

Бугунги кунда айрим ҳудудларда директор жамғармаси маблағлари ҳисобидан тўланиши лозим бўлган устамалар ҳисобланмаётганлиги юзасидан норозиликлар юзага келмоқда. 2021 йилнинг 1 январдан бошлаб мазкур устамаларни тўланмаслиги юзасидан ҳеч қандай кўрсатмалар берилмаганлигини маълум қиламиз.

Вақтинчалик тўхтатилган устамалар Ишчи гуруҳларининг 2020 йил 1 июлга қадар қабул қилган қарори ва директорнинг буйруғи асосида 2021 йил 1 январдан бошлаб ўрнатилган тартибда тўлаб берилади.

Халқ таълими вазирлиги барча ҳудудий халқ таълими бўлинмаларига педагог ходимларнинг ойлик иш ҳақига устамалар тўланишини 2021 йил 1 январдан бошлаб амалга оширилишини, устамаларни тўлашда сусткашликка йўл қўяётган тегишли масъулларга нисбатан интизомий чора кўришни қатъий назоратга олишни сўрайди.

@xalq_talimi_xodimi
4.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2021-01-17 17:24:02 #ibrat_vaqti

НУҚТА?!

Устоз ўз талабаларга бир қоғозни кўрсатиб, уларни фикрлашга чорлабди. Қоғознинг ўртасида биттагина қора нуқта бор экан.
- Айтингчи, нимани кўряпсизлар?
- Нуқтани – дебди биринчи талаба.
- Қора нуқтани – дебди иккинчиси.
- Қора ва қалин нуқтани – шошиб жавоб берибди учунчи талаба.
- Афсус, – бир муддат хаёлга берилиб қолган устоз аста сўз бошлабди. – Ҳаммангиз оқ қоғоздаги кичкинагина қора нуқтани кўрдингиз, лекин ўша нуқта турган катта ва оқ қоғозни пайқамадингиз.
Ҳаётда ҳам худди шунақа бўладида. Одамларни арзимаган кичик камчиликлари учун айблаймиз. Аслида эса ўша кичик нуқсон ортидаги катта ва олийжаноб юракни пайқамаймиз. Ёки шунчаки пайқашни истамаймиз...

@xalq_talimi_xodimi
6.5K views14:24
Ochish/sharhlash
2021-01-15 14:16:32
#videolavha

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 3-son maktabning 4-A sinf rahbari Qilicheva Norgulning 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan videoroligi

@xalq_talimi_xodimi
4.5K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-01-14 19:35:37
#videolavha

Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi
ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Ortiqova Mohiraning
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlangan videoroligi.

@xalq_talimi_xodimi
4.3K views16:35
Ochish/sharhlash
2021-01-14 18:34:04
#videolavha

Andijon viloyati Buloqboshi tumani 25-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Umida Abdushaniyevaning 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlab tayyorlagan videoroligi

@xalq_talimi_xodimi
3.1K views15:34
Ochish/sharhlash
2021-01-14 18:12:27 #10_sinf_elektron_darslik

10-SINFLAR UCHUN ELEKTRON DARSLIKLAR TO'PLAMI

Adabiyot 1-qism
Adabiyot 2-qism
Biologiya
CH.Q.B.T.
Dunyo dinlar tarixi
Fizika
Fransuz tili
Geografiya
Huquq
Informatika
Ingliz tili
Jahon tarixi
Matematika 1-qism
Matematika 2-qism
Ona tili
Organik kimyo
O'zbekiston tarixi
Rus tili

Kerakli fanni tanlang va yuklab oling.

@xalq_talimi_xodimi
2.7K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-01-14 18:04:51
#videolavha

Vatanga xizmat sharafli burch. Har bir yigit bolalikdan Vatan himoyachisi bo'lishni istaydi.Toshkent shahar Sergeli tumani 331-maktabda ham ana shunday o'qivchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Bugun maktabning 2-B sinfida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirga Milliy Gvardiya instituti mayori Ikmatullayev G'ayrat Zokirovich tashrif buyurdi va bolajonlar bilan qiziqarli suhbat olib bordi. Tadbir davomida bolajonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 2-"B" sinf rahbari TASHMATOVA HUSNORA

@xalq_talimi_xodimi
2.6K views15:04
Ochish/sharhlash
2021-01-14 06:43:21 #dars_ishlanma
#Yanvar_Tabiiy_fanlar_oyligi

Andijon viloyati Baliqchi tumani 51-maktab biologiya fani o'qituvchisi Rahmonov O'tkirbekning 1 soatlik dars ishlanmasi

@xalq_talimi_xodimi
2.7K views03:43
Ochish/sharhlash
2021-01-14 06:39:30
#tashakkurnoma @xalq_talimi_xodimi
#Vatan_himoyachilari_kuni

Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani 45-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

XUSANBAYEVA XAFIZA ABDUVAXOBOVNA

Tashakkurnomangizning sifatli nusxasi profilingizga yuborildi.

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" muborak bo'lsin. Ish faoliyatingizga omad tilaymiz. Sog'-salomat bo'ling.

Ushbu tashakkurnomadan olishni istasangiz @xalq_talimi_xodimi_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.

❅┄┄┄┄┄❅✾❅┄┄┄┄❅✾❅┄┄┄┄┄❅
Hurmat ila kanal ADMINISTRATORI
https://t.me/xalq_talimi_xodimi
2.5K views03:39
Ochish/sharhlash