Get Mystery Box with random crypto!

“Tarbiya” darsini qaysi fan oʻqituvchilari oʻtadi? Oʻzbekisto | XALQ TA'LIMI XODIMI

“Tarbiya” darsini qaysi fan oʻqituvchilari oʻtadi?

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2021-2022-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga koʻra, “Tarbiya” fani 1-11-sinflarda 1 soatdan oʻqitiladi.

“Tarbiya” fani dars soatlarini
1-4-sinflarda boshlangʻich sinf rahbarlari,
5-11-sinflarda avvalo “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” fanlaridan dars bergan oʻqituvchilari,
shuningdek, “Tarix”, “Ona tili va adabiyot” fani oʻqituvchilari oʻtadi.

Dars soatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlash tavsiya etiladi.

“Tarbiya” fani 2021-2022-oʻquv yilidan 10-11-sinflarga joriy etildi.

@xalq_talimi_xodimi