Get Mystery Box with random crypto!

Apple kompaniyasiga necha kishi asos solgan? Apple kompaniy | Wepro.uz

Apple kompaniyasiga necha kishi asos solgan?

Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi, ammo kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs Ronald Ueynni ham unutmaslik lozim.

— Jobs "Atari" kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan, shuningdek, Apple kompaniyasining birinchi logotipini ham yaratgan. Keyinchalik, Ronald Ueyn Stiv Jobsning g‘alati g‘oyalaridan qo‘rqib, kompaniya kasod bo‘ladi deb o‘ylab, ulushini arzonga sotib, kompaniyadan ketgan.

— Lekin bu “g‘alati“ g‘oyalar Apple'ni butun dunyoga mashhur qilgan. O‘shandan beri Ueynning karerasida o‘sish bo‘lmadi, hozirda u Nevada treyler parkida tanga va muhrlar sotmoqda.

@Wepro_uz