Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoning eng boy odamlari yil boshidan buyon 1,4 trln dollar | Wepro.uz

Dunyoning eng boy odamlari yil boshidan buyon 1,4 trln dollar yo‘qotdi

Mark Sukerbergning boyligi yarim yil ichida ikki baravarga kamaygan. Joriy yilning birinchi yarim yilligida dunyoning eng badavlat 500 biznesmeni 1,4 trln dollar yo‘qotdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ma’lum qilinishicha, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg 65,5 mlrd dollar yo‘qotgan, bu uning boyligining yarmiga teng. Tesla va Space X asoschisi Ilon Maskning boyligi 62 mlrd, Amazon rahbari Jyeff Bezosning boyligi 63 mlrd dollarga kamaygan.

Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, Ilon Mask hamon eng ko‘p boylikka ega bo‘lib turibdi — 208,5 mlrd dollar, Bezos 129,6 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinda. Arno uchinchi (128,7 mlrd dollar), Geyts to‘rtinchi o‘rinda (114,8 mlrd dollar) joylashgan.

@Wepro_uz