Get Mystery Box with random crypto!

VIZITKA (Qo‘shiling)

Telegram kanalining logotibi vuz24_official — VIZITKA (Qo‘shiling) V
Telegram kanalining logotibi vuz24_official — VIZITKA (Qo‘shiling)
Kanal manzili: @vuz24_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy kanali
👉 Murojaat uchun: @vuz24bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-12-10 10:02:30
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda Talabalar shaharchasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

So'rovnomadan ko'rinadiki, talabalar ijara uchun o'rtacha 500 ming so'm atrofida pul to'laydi va bu summa ular harajatlarining 40-50 foizini tashkil qiladi.

Davlat tomonidan ijara pulining 50% qoplab berilishi imkoniyati haqida ko'pchilik eshitgan, xabari bor, lekin harakat qilib ko'rmagan. Aslida bu jarayon unchalik murakkab emas.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi haqida esa mazkur videoda batafsil tanishishingiz mumkin.
Videoni ko'rish

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
4.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2021-12-10 08:02:28
"Mangu yangra, madhiyam!"

O‘zbekiston Respublikasining davlat Madhiyasi haqida qaror 1992-yilning 10-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 11-chaqirig‘ida qabul qilingan.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.1K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2021-12-09 15:07:27
Namangan davlat universitetining 174 nafar iqtidorli talabasiga 517 ming so‘mdan pul mukofoti topshirildi

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.2K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-09 12:51:17
TVCHDPIda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʼnalishdagi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan metodik koʼmaklashish maqsadida nufuzli ishchi guruh ish boshladi...
Batafsil ma'lumot

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.3K views09:51
Ochish/sharhlash
2021-12-09 10:52:40
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Korrupsiya-
har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.
Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. 2004-yildan e’tiboran ushbu sana munosabati bilan butun dunyoda turli anjumanlar, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etiladi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
5.8K views07:52
Ochish/sharhlash
2021-12-08 12:04:02
8-dekabr – "Konstitutsiya kuni" munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Bosh prokuratura hamkorlikda "Zakovat" turniri tashkil qildi.

Turnirda Zakovat klubi asoschisi Abdurasul Abdullayev tashrif buyurib, savollarni oʻzlari oʻqib berdilar. Batafsil jarayondan lavhalarni videorolikda tomosha qiling.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.2K views09:04
Ochish/sharhlash
2021-12-08 10:05:06
#konstitutsiya29
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.8K views07:05
Ochish/sharhlash
2021-10-11 16:56:59 ​​ Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi 24-oktabr Prezident saylovi kuni munosabati #Saylovedu2021 chellenjini e'lon qiladi.

Chellenjda ishtirok etish uchun o'zingiz ishtirokingizda Prezident sayloviga aloqador bo'lgan videorolik yoki o'z ijodiy ishlaringizni (chizilgan rasm, qo'l mehnati orqali yaratilgan ijod namunasi, kreativ rasmlar), o'zingizning Instagram tarmog'ingizga joylaysiz va Instagramdagi @saylovedu2021 profilini belgilab (отметка qilib), videoga #saylovedu2021 heshtegini yozasiz.

Videorolik va ijodiy ishlar saylovning mazmun va mohiyatini targ'ib qilishi, o'ziga xos, ijodkorlik, kreativlik bilan yondashilgan bo'lishi kerak.

Chellenjga taqdim etiladigan materiallar 20-oktabrga qadar Instagram tarmog'iga joylanishi kerak.

Chellenjda eng yaxshi video hamda eng yaxshi ijodiy ish mualliflari diplom hamda quyidagi tartibda pul mablag'lari bilan rag'batlantiriladi:
1-o'rin 2.000.000 so'm
2-o'rin 1.500.000 so'm
3-o'rin 1.000.000 so'm

Chellenjda barcha yakka holda ishtirok etishi mumkin, jamoaviy ishtirok etish mumkin emas. Mualliflik huquqi inobatga olinadi.
Batafsil ma'lumot: @saylovedu2021

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
18.5K viewsedited  13:56
Ochish/sharhlash
2021-10-11 16:02:03
Xabar berganimizdek, bugun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Ma'rifat maydoni" ko'rik-tanlovi Andijon viloyat bosqichi tashkil etildi.

Viloyat bosqichida Andijon davlat tibbiyot institutining "Tong yulduzi" jamoasi g'olib bo'ldi va Respublika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
9.2K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-10-11 15:06:49
Qoʻrqma!

Javlon Jovliyev — Yangi O‘zbek adabiyotining yosh zabardast vakillaridan biri, yosh ijodkorlarning, kitobxonlarning sevimli yozuvchi, ''Tahsin-2021'' mukofoti sohibi, serqirra ijodkor, Javlon Jovliyev bilan

11-oktabr, soat 21:00 da Yoshlar ishlar agentligi boshchiligida tashkil etilgan ''Fidoyi insonlar'' loyihasining telegram sahifasida, audiochat orqali jonli suhbat bo‘lib o‘tadi.

Suhbatimiz davomida, yozuvchi Javlon Jovliyevni hayoti va ijodiga oid savollarni berishingiz mumkin.

Audio chat manzili: @fidoyiinsonlar

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
9.1K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash