Get Mystery Box with random crypto!

VIZITKA (Qo‘shiling)

Telegram kanalining logotibi vuz24_official — VIZITKA (Qo‘shiling) V
Telegram kanalining logotibi vuz24_official — VIZITKA (Qo‘shiling)
Kanal manzili: @vuz24_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy kanali
👉 Murojaat uchun: @vuz24bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-12-15 09:32:32
Ayni vaqtlarda, Poytaxtimizdagi Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari uchun O‘zMUda o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. O‘quv-seminarida 80 nafardan ziyod dekan o‘rinbosarlari va Vazirlik trenerlar jamoasi ishtirok etmoqdalar. O‘quv-seminarini O‘zMU rektori I.U.Majidov ochib berdi.

Eslatib o‘tamiz: Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma’nafiy—ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar uchun seminar trening 17-18 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida start olgan edi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
3.4K views06:32
Ochish/sharhlash
2021-12-14 12:37:30 Kitobxonlik o‘quvchiga “baxtli” hayot bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon beradi
Batafsil o'qish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari xorijlik tadqiqotchilarning kuzatuvlarini o‘rganib, kitob o‘qishning inson va jamiyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Bu haqdagi ma’lumotlarni sizlar bilan ham bo‘lishgimiz keldi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
2.3K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:51:54 «Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda yoshlar oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasini saqlab qolgan holda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda

Qadrli yoshlar! Oʻz shaxsiy biznesingizni boshlamoqchimisiz yoki tajribali insonlardan koʻplab maslahatlar olmoqchimisiz? Unda sizni 2021-yilning 14-17-dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar markazida kutamiz. Poytaxtimizda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda.

14-dekabr, soat 14:00 da:
* Odilbek Mirzaev
— PDP IT-Academy asoschisi;
* Abdulaziz Sattorov — “Unired” Fintech kompaniyasi asoschisi.

15-dekabr, soat 11:00 da:
* Umidjon Ishmuhammedov
— “Cambridge International College”, IDP IELTS va yana bir qator loyihalar asoschisi;
* Davron Turdiyev — Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, miyani rivojlantirish boʻyicha ekspert.

15-dekabr, soat 14:00 da:
* Ulugʻbek Xojiahmedov
— “Compas Consulting“ asoschisi;
* Habibullo Sadulloev — Marketolog. Chortoq mineral suv marketing boʻlimi boshligʻi.

16-dekabr, soat 11:00 da:
* Muhammadali Eshonqulov
— Yuksalish liderlar akademiyasi, Biznes kvadrat, Patronlar ligasi loyihasi asoschisi;
* Shohida Ibragimova — Moliya.uz va “Growth Academy“ asoschilaridan.

16-dekabr, soat 14:00da:
* Laziz Adhamov
— “Dalatek“ loyihasi asoschisi va SAP kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori.

17-dekabr, soat 14:00da:
* Hasan Mamasaidov
— Dekos, MFaktor, Impulse business hub asoschisi;
* Husan Mamasaidov — Deli, MFaktor, Impulse business hub asoschisi.

O'zingizni qiziqtirgan soha vakillari bilan uchrashib tajriba orttirishingizni tavsiya etamiz.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
3.6K viewsedited  07:51
Ochish/sharhlash
2021-12-14 09:13:36
“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

@reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
E'tiboringizga "Yosh kitobxon" tanlovining yangi nizomini taqdim etamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
5.8K viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:37:04
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi

Daromad solig‘ini to‘lash talabalar zimmasiga yuklanganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.

@vuz24_official
7.9K viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2021-12-11 18:42:38
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib borayotgani haqida ma'lumot bergan edik.

Ovoz yozish studiyamizga talabalarning tashrifi uzilmay qoldi, ular o'z ijod namunalarini sifatli tarzda yozish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar va bu imkoniyatdan siz ham foydalanishingiz mumkin.
Audiostudiya guruhi: https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

O'z iqtidoringizni biz bilan kashf qiling, keling, ijoddan zavqlaning va o'zingizni namoyon qiling.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
4.9K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-12-11 10:05:31 #diqqat_tanlov
Kitob o'qing — kitob yuting!

Barcha kitobsevarlarni, qanday qilib kitob o'qishni boshlashni bilmay turganlarni tanlovimizga taklif qilamiz. Tanlov nizomi juda oddiy!

Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi:
1-bosqichda oy davomida topshiriq qilib berilgan asarlardan test tashkil etiladi (test miqdori asar hajmiga qarab belgilanadi!)

2-bosqich 1-bosqichda g'olib bo'lgan ishtirokchilar o'rtasida bo'lib o'tadi va mutlaq g'oliblar (2 nafar) aniqlanib esdalik sovg'asi (kitob) bilan taqdirlanadi!

#Eslatma: Agar natijalar teng bolib qolsa, g'oliblarga 2-bosqich so'ngida kichkina topshiriq ham berilishi mumkin. Chunki bizning maqsadimiz haqiqiy kitobxonlarni aniqlab, ularni munosib taqdirlashdir!

Shu vaqtga qadar O'tkir Hoshimovning "Shamol esaveradi" hamda Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asarlarini o'qib yakunladik. Navbatdagi tanlangan asar O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari.
Asar muhokamasi 17-dekabr 20:00 da bo'lib o'tadi.
19.2K viewsedited  07:05
Ochish/sharhlash
2021-12-10 18:16:15
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi
Yangi OTM Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochildi. Filial talabalari yangi institutda o‘qishini davom ettiradi. Institutga keyingi yildan magistrlar qabuli, 2023/24-yilgi qabuldan tayanch doktorantlar qabuli bo‘ladi.

Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi
Qarorga ko‘ra, institutga qabul 2022/23-yildan boshlanadi. Institut o‘quv dasturini tuzishda xalqaro reytinglarda dastlabki 1000talikka kiruvchi oliygohlar tajribasiga asoslaniladi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.6K views15:16
Ochish/sharhlash
2021-12-10 16:01:24
20-21-dekabr kunlari Congress Hall binosida Toshkent yoshlar forumi – 2021 boʻlib oʻtadi.

Forum doirasida yoshlar bilan vazirlik hamda idoralar rahbarlari, hukumat vakillari, olimlar, ekspertlar, sanʼat, madaniyat va sport namoyondalari, mediamakon vakillari uchrashadi.

20-dekabrda yoshlar forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Tadbirda qatnashish uchun quyidagi Telegram-bot orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-10 15:16:44
O‘zbekiston Respublikasining davlat Madhiyasi bastakori Mutal Burhonov xonadonidagi suhbat, Buxoro 2000-yil

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
3.5K views12:16
Ochish/sharhlash