Get Mystery Box with random crypto!

Sitrus mevalar – xolesterinni kamaytiradi! Qondagi xolester | Vortex.uz

Sitrus mevalar – xolesterinni kamaytiradi!

Qondagi xolesterin miqdori oshib ketganida, uni pasaytirish uchun bir muddat zamonaviy dori vositalaridan ichib yurdim. Lekin , oshqozonim keyinchalik negadir ularni hadeb qabul qilishda “ko‘tara” olmadi. Shuning uchun xalqona usulda davo choralarini qo‘lladim.

Bunda sitrus mevalar – limon va po‘rtaxol (apelsin) oldim-da, go‘sht qiymakashidan o‘tkazdim. Undan oldin ichidagi urug‘lari – danakchalarini chiqarib tashladim. Keyin unga 3 osh qoshiq asal qo‘shdim. Hosil bo‘lgan sitrusli aralashmani 24 soat davomida damlash uchun saqladim.

Qon tomirini xolesterindan tozalash uchun 1 oy mobaynida 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal qabul qildim. Bunday malham xolesterinni ko‘payishini oldini olishda ham ijobiy samara berarkan.

Go‘zal va sog‘lom bo‘ling

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Instagram | Chat | TikTok