Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p uzum yeyish zararlimi? Uzum tarkibida qand, oqsil, yog | Vortex.uz

Ko‘p uzum yeyish zararlimi?

Uzum tarkibida qand, oqsil, yog‘, shuningdek organik kislotalar kabi 150 dan ortiq faol moddalar mavjud. Mevaning tarkibida kislotalarning ko‘pligi bois, balg‘am ko‘chirishni osonlashtiradi va yo‘talni yumshatadi. immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Shunga qaramasdan, uzumni yeyishda biroz ehtiyotkor bo‘lgan maʼqul. Oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet va ortiqcha vaznli bemorlarga kamroq uzum yeyish tavsiya etiladi.

Uzum kuchli allergenlar qatoriga kiradi. U qanchalik to‘q rangda bo‘lsa, allergiya chaqirish xususiyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ammo aynan ana shunday to‘q rangli uzumda organizm uchun muhim bo‘lgan antioksidantlar bir buncha ko‘p bo‘ladi.

Uzum foydali meva bo‘lsada, kaloriyaga boy bo‘lganligi sababli uni ko‘p miqdorda isteʼmol qilib bo‘lmaydi. Kuniga 15-20 dona uzum yeyish meʼyoriy holat sanaladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Instagram | Chat | TikTok