Get Mystery Box with random crypto!

Qishki ta'til davrida Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting | Vobkent TXTB | Rasmiy kanal

Qishki ta'til davrida Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting

28-dekabr 5-yanvar kunlari yuqoridagi jadval asosida onlayn olimpiadalar oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep