Get Mystery Box with random crypto!

Вазирликлар | 🇺🇿 | Vazirliklar

Telegram kanalining logotibi vazirliklar — Вазирликлар | 🇺🇿 | Vazirliklar В
Telegram kanalining logotibi vazirliklar — Вазирликлар | 🇺🇿 | Vazirliklar
Kanal manzili: @vazirliklar
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-04-25 08:00:59
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

@vazirliklar
25 viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:39:48 Rasman Ramazon Hayiti 21-aprel deb e'lon qilindi.

@vazirliklar
16 viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2023-04-19 09:09:25
Бугун 19 апрелдан муддатидан олдин овоз бериш бошланди

Бугун республика бўйлаб соат 9:00 дан референдум участкалари муддатидан олдин овоз бериш учун очилди.

Референдум участкасида муддатидан олдин овоз бериш вақти иш кунлари соат 9:00 дан соат 18:00 га қадар, дам олиш ва байрам кунлари соат 12:00 дан соат 16:00 га қадар амалга оширилади.

Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

Муддатидан олдин овоз бериш 2023 йил 19 апрель куни бошланиб, 2023 йил 26 апрель куни якунланади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
13 views06:09
Ochish/sharhlash
2023-04-19 07:19:39
Referendumda qaysi saylov uchastkasidan ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi

30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilish boʻyicha umumxalq ovoz berishi kutilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga vaqt oz qoldi.

Siz my.gov.uz portali yordamida qaysi saylov uchastkasidan ovoz berishingiz mumkinligini onlayn aniqlasangiz boʻladi.

Portaldagi “Referendum uchastkasini aniqlash” xizmatidan foydalanish juda oson va qulay.

Xizmat - bepul.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
14 views04:19
Ochish/sharhlash
2023-04-15 20:00:30 Янгиланаётган Конституция. 100 саволга 100 жавоб қўлланмаси билан танишинг.

Ушбу қўлланмада:
- Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига киритилиши таклиф этилаётган 100 та энг муҳим янгиликларнинг мазмун-моҳияти савол-жавоб тарзида батафсил ёритилган;
- турли ёшдаги фуқароларнинг конституциясивий ислоҳотлар билан боғлиқ масалаларни осон ва асослантирилган тарзда тушунишига ёрдам беради;
- у референдум ташкилотчилари ва кенг жамоатчиликка мўлжалланган.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
34 views17:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:40:55 O‘zbekistonda talabalarga OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Qonun loyihasi https://regulation.gov.uz/uz/d/78449

@vazirliklar
42 viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:46:46
PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

@vazirliklar
28 viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:46:35 “Tashabbusli byudjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

To'liq ro'yxat


@vazirliklar
50 viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2023-04-07 09:29:09 Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul qilish tartibi belgilandi

@vazirliklar
53 viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:50:42 Poytaxt metropoliteni yer usti bekatlarini nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Ma'lumki, 2022-yil 5-11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Do‘stlik-Qo‘yliq” va “Olmazor-Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ildi.

Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh “Geografik ob'ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab oldi.

Geografik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul kilish uchun kiritishga taqdim etiladi.

Ovoz berish uchun havola: https://geonom.tashkent.uz

@vazirliklar
64 views12:50
Ochish/sharhlash