Get Mystery Box with random crypto!

Poytaxt metropoliteni yer usti bekatlarini nomlash uchun ovoz | Вазирликлар | 🇺🇿 | Vazirliklar

Poytaxt metropoliteni yer usti bekatlarini nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Ma'lumki, 2022-yil 5-11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Do‘stlik-Qo‘yliq” va “Olmazor-Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ildi.

Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh “Geografik ob'ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab oldi.

Geografik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul kilish uchun kiritishga taqdim etiladi.

Ovoz berish uchun havola: https://geonom.tashkent.uz

@vazirliklar