Get Mystery Box with random crypto!

Uyga vazifa

Telegram kanalining logotibi vazifa_uyga — Uyga vazifa U
Telegram kanalining logotibi vazifa_uyga — Uyga vazifa
Kanal manzili: @vazifa_uyga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-03-04 22:20:25
MILLION JAMOASI 2022

@xorazm_musiqa_sanati
5 views19:20
Ochish/sharhlash
2023-03-04 07:38:46
"Цар Бомба" синовидан олинган кадрлар, 1961 йил. Барча даврлардаги энг йирик ядровий синов.

Синовлар 1961 йил 30-октабрда Ту-95В самолётидан «Қуруқ бурун» ядро полигонида (Новая Земля ороли) юқори баландлик ташлаш орқали бўлиб ўтди. Ўлчанган портлаш қуввати 58,6 мегатонни ташкил этди.
18 viewsedited  04:38
Ochish/sharhlash
2023-03-03 14:03:31 #statistika

Toshkent shahri maktablarida necha nafar oʻquvchi tahsil olmoqda?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Tumanlar kesimida maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

— Yunusobod – 64 411 nafar
— Mirzo Ulugʻbek – 58 107 nafar
— Olmazor – 57 335 nafar
—Uchtepa – 54 856 nafar
— Chilonzor – 50 799 nafar
— Shayxontohur – 46 512 nafar
— Yashnobod – 46 192 nafar
— Sirgʻali – 36 751 nafar
— Mirobod – 30 043 nafar
— Yangihayot – 22 845 nafar
— Yakkasaroy – 19 579 nafar
— Bektemir – 11 987 nafar
21 viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash
2023-03-03 05:43:00 СОАТБАЙ ИШЛОВЧИ ПЕДАГОГЛАРГА ОЙЛИК ҚАНДАЙ ҲИСОБЛАНИШИНИ БИЛАСИЗМИ?

Ўриндошлик асосида бошқа мактабдан келиб ишловчи педагоглар, ёки мактабнинг раҳбар ходимларига ўтилган дарс учун соатбай усулида иш ҳақи тўланади.

2022 йил 1 июнь ҳолатига (соатбайлар учун) бир соат дарс учун белгиланган ойлик қуйидагича:

Олий тоифа — 42 604 сўм;
1-тоифа — 38 554 сўм;
2-тоифа — 34 599 сўм;
Мутахассис — 30 904 сўм;
Ўрта махсус — 28 888 сўм.

Ойликни ҳисоблашда қуйидагиларга эътибор берилади. Педагог бир ой давомида неча соат дарс ўтганлиги ЎИБДЎ томонидан ҳисоблаб чиқилади ва иш вақтини ҳисоблаш табелига ёзилади. ХТБ даги бухгальтэр шу ёзилган соат бўйича иш ҳақи ҳисоблайди. Мисол учун 11 январдан ўқиш бошланди ва январь ойини охирги кунига қадар айтайлик 28 соат дарс ўтилди. Бунда педагогнинг тоифасига қараб ойлик тўланади. Агар олий тоифали ўқитувчи 28 соат дарс ўтган бўлса, уни қуйидагича ҳисоблаймиз. 28*42604=1192912

Чиққан суммадан 13% даромад солиғи ва касаба уюшмаси учун ушлаб қолинади ва қолгани пластик картага тушади.

1192912-13%(155078)=1037834 Демак, қўлга тегиш суммаси 1 037 834 минг сўм.

Бундан ташқари, дафтар текшириш суммалари ва қўшимча белгиланган устамалари бўлса улар ҳам қўшилади.

Эслатма:
соатбай ишловчи педагогларга фақат ўтилган дарс учун иш ҳақи тўланади. Таътил даври учун, байрам ва қўшимча дам олиш кунлари учун ойлик ёзилмайди.
22 viewsedited  02:43
Ochish/sharhlash
2023-03-02 16:09:40
Хитой ялпи ички маҳсулоти 2023 йилда 18 трлн долларга етади

Хитойнинг ялпи ички маҳсулоти (ЯИМ) 2023 йилда 121,02 триллион юаньга (ўртача йиллик курс бўйича қарийб 18 триллион доллар) етади ва йил давомида 3 фоизга ошади. Бу ҳақда Хитой Халқ Республикаси Давлат статистика бошқармаси (ДСБ) ҳисоботида маълум қилинди.

«Дастлабки маълумотларга кўра, 2022 йилда ялпи ички маҳсулот 121,021 триллион юаньга етади, бу ўтган йилга нисбатан 3 фоизга кўп», — дейилади ДСБ хабарида.

Муассаса маълумотларига кўра, 2022 йил охирига келиб Хитой аҳолиси 850 минг кишига камайиб, 1411 миллиард кишига етган. Шаҳарларда 920,7 млн., қишлоқларда 491 млн.

2022 йилда дон етиштиришнинг умумий ҳажми 686,53 миллион тоннани ташкил этди.
20 viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:04:36
Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan turib tushirilgan yangi tasviri paydo boʻldi. Unda dengizning qurib qolgan sharqiy qismida yana suv toʻplanganini koʻrish mumkin.

@kunonline
18 views10:04
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:48:25
​ Энди тарих ва география фанларидан ҳам миллий сертификат имтиҳонлари ўтказилади!

Рўйхатга олиш: 24 апрелдан 7 майгача;
Тест синовлари куни: 21 май.

Тест натижаларига кўра энг юқори баллнинг камида 60 фоизини тўплаган талабгорларга электрон шаклдаги сертификат тақдим этилади.

Сертификатга эга абитуриентларга ОТМларга киришда мутахассислик фани бўйича қуйидагича балл берилади:

60 фоиздан 86 фоизгача — максимал баллга нисбатан табақалаштирилган (пропорционал) балл;

86 фоиз ва ундан юқори — максимал балл.

Шунингдек, миллий сертификатга эга абитуриентга тегишли мажбурий фан бўйича энг юқори балл берилади.
41 viewsedited  05:48
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:25:46 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
test sinovlari — 2-aprel kuni;

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
test sinovlari — 30-aprel kuni;

tarix va geografiya fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
38 views05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:20:50 O‘qituvchilarga ustama va abituriyentlarga imtiyoz beradigan sertifikatlar haqida

Kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (450 ming so‘m) to‘lov undiriladi.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
20 views05:20
Ochish/sharhlash
2023-02-28 15:03:20
POWER POINT DASTURIDA ANIMATSION SLAYD QANDAY YARATILADI?

“Onlayn darslar”ni oʻtishda sifatli taqdimot yaratishning ahamiyati katta. “Onlayn maktab” loyihasi doirasidagi darslarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida oʻqituvchilarga foydali boʻladi degan maqsadda Respublika taʼlim markazi tomonidan ushbu videorolik oʻzbek tilida tayyorlandi.
23 viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash