Get Mystery Box with random crypto!

Vasliddin Jamoliddinov

Telegram kanalining logotibi vasliddin_blog — Vasliddin Jamoliddinov V
Telegram kanalining logotibi vasliddin_blog — Vasliddin Jamoliddinov
Kanal manzili: @vasliddin_blog
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blog
@Dr_Jamoliddinov

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-15 22:58:18 Soniyalar qadri

Avtohalokat sodir boʻlishi yoki boʻlmasligi uchun 1 soniya kifoya. Soatiga 100 km/soat tezlikdagi avtomobil 1 soniyada 28 m (taqriban) masofani bosib oʻtadi.

Sening hayotingda ham shunday tezlikda qaror qabul qilishing kerak boʻlgan soniyalar bor.

- Abituriyentlik paytimda bir qancha kurslarga borib koʻrganman. 2016-yil Mansurxon ustozimning darslariga bordim(Ustoz Dom pionerda dars berar edilar). Darsga kechroq boribman, dars boshlangan ekan. Eshik oldida bir necha soniya turib ichkariga kirish uchun qaror qabul qila olmadim(Biroz tortinchoq edim).
Shunda 3 soniyalik jasorat yetishmagan va men ortga qaytdim.
Oradan 3 yil oʻtib yana ustozni darslariga bordim.
3 soniyalik qaror ortida yoʻqotilgan 3 yil bor edi.

- "Yil kitobxoni" respublika bosqichiga oʻtishda 3 soniya oʻzimni yoʻqotdim, 3 soniya ishonch yetishmadi, shu yerda nuqta qoʻyildi.

- Hayotni oʻzgartiruvchi taklif berib, gʻoyam uchun investitsiya kiritmoqchi boʻlishdi va men 3 soniyalik qaror bilan rad javobini berdim.

- Zakovat oʻyinlarida ham 3 soniyalik tez fikrlash jamoamizni gʻalaba (magʻlubiyat) ga olib borgan.

Kimnidir roʻparasida yoki qandaydir vaziyat qarshisida soniyalar ichida jasorat bilan qaror qabul qilishni oʻrgatdi xatolar.

Albatta barchasi Allohning qadari, lekin bandaga imkon berilganda sababini qilish kerak.
Oradan vaqt oʻtib qilganlaringdan koʻra koʻproq qilolmagan ishlaringdan afsuslanasan.

@Vasliddin_blog
1.4K viewsedited  19:58
Ochish/sharhlash
2022-12-12 19:23:55 Oliy taʼlim kerakmi?

Bundan bir necha yil oldin inson jamiyatda oʻrnini topishi uchun yagona yoʻl oliy taʼlim deb oʻylar edim. Ukamni taʼlimga iqtidori boʻla turib oliy taʼlimga topshirmagani uchun alamzada edim.
Bir amallab bir yil oʻqishga topshirishga koʻndirdim va uka sen shuncha ball toʻplasang boʻldi oʻqishga kirasan dedim. Ukam aytgan ballni toʻplab chiqdi, lekin oʻqimadi.

1. Talaba boʻlguncha va talabalikning dastlabki yillarida oliy taʼlim bilan hammasiga erishaman deb oʻylaysan. Diplom olsang boʻldi jamiyat seni quchoq ochib kutib oladigandek goʻyo.

2. Bugun esa qarashlar oʻzgardi. Oliy taʼlim eng toʻgʻri yoʻl emas balki biz bilgan bir variant ekanligini anglaysan.

3. Oliy taʼlimda kvotalar oshirildi - ishsizlar soni oʻzgarmadi. Faqat biroz farqi endi ishsizlarda ham diplom bor.

4. Agar sen oliy taʼlimga kirib barchasida oliy taʼlimni ayblab oʻz ustingda tinimsiz oʻqib oʻrganishga tayyor boʻlmasang bu variantdan voz kechganing maʼqul.

5. Yaxshisi ketgan 4-5 yilingni kasb oʻrganishga sarfla. 10 ming soat qoidasi asoslansang kuniga maksimal 10 soatdan shugʻullangan taqdiringda professional boʻlishing uchun 3 yil vaqt ketadi. Agar kuniga 4 soatdan shugʻullansang 7 yil.

6. Motivatorlar aytgan "boy boʻlishi sirlari, oson muvaffaqiyat" kitobi hali yozilmagan. Oʻzing uchun oʻzing yozasan.
Oʻqishga kira olmadingmi xursand boʻlaver Alloh senga boshqa atagan xayrlisi bor.

P. S. Ukam baribir oʻqimadi va bu meni avvalgidek tashvishga solmay qoʻydi. Yaqinda "Vatanparvar" da harbiy xizmatga qadar oʻqib chiqdi. Nasib qilsa harbiylikda oʻz oʻrnini topib ketar. Nima boʻlganda ham doim qoʻllaydigan akasi borligini unutmasa boʻldi.
111 views16:23
Ochish/sharhlash
2022-12-10 18:37:38 "Bilmadim"

-Oʻzini aqlli koʻrsatish va bilmagan narsasini bilaman deyish ham kasallik.

-Inson bilmasligi esa tabiiy holat. Qachonlardir hatto soʻzlashni ham bilmas eding.

-Bilimsizligingni tan ol, oʻrgan, xatoni tuzat. Bilaman deb oʻzingni ham boshqalarni ham aldab, kelajagingni rasvo qilma.

-Men bilgan sogʻlom fikrli insonlar doim oʻqib izlanishadi. "Bilmadim" soʻzi ularga odatiy holat va ular inson oʻrganish orqali hammasiga erishishini biladilar.

-Bu holatda koʻp narsa kerak emas. Bilmasligingni tan olishdan ishni boshla. Qolgani oʻzi oʻzgaradi.

-"Ustozlar oldida koʻp narsani bilsang ham oʻzingni bilmasdek tut, shunda senga ilm eshiklari kengroq ochiladi." - deyishgan. (Kimligini bilmayman :)

-Senga tegishli boʻlmagan va sen tushunmaydigan sohadan soʻrashdimi "bilmayman" deb ayt. Juda ham ilm bergin kelsa qayerdan javob topishi mumkinligini ayt.

-Jamiyatda hamma narsani "Biladigan"lar koʻp.
Ular nega Rossiya gʻalaba qila olmayotganini, Braziliyani futboldagi oʻyini sotilganligini, dunyoni Masonlar qanday boshqarishini, virusga emlash vaqtida inson tanasiga qanday chip joylayotgandan tortib hattoki seni nega hali ham uylanmayotganingni yaxshi bilishadi.

-Qoʻy bu ishingni, sen ham bilmaydiganlar qatorida boʻla qol.

P.S. Atrofimdagi insonlarni kuzatib bir necha oy oldingi oʻzimga aytgan gaplarim.
Kechagi Zakovatda takror isbotini topgan haqiqatlar...

@Vasliddin_blog
113 viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash
2022-12-09 22:35:04 Qanday qilib dars tayyorlash kerak?

1. Ishni boshlashdan avval qiladigan ishingni aniqlashtirib ol. Misol uchun sohanga oid 500 varaqli kitobni tugatmoqchisan va bunga oʻzinga 5 kun vaqt ber. Har kuni 100 varaqdan, buni oʻzlashtirishinga qarab 2 yoki 3 ga boʻlib kun davomida oʻqishing mumkin.

2. Play Market ga kirgin-da Focus To-DO (yoki istalgan Pomidor) ilovasini yuklab ol. Bu ilovada cheklangan vaqt davomida samarali dars qilishing mumkin.
(Batafsil bu yerdan bilib ol:

) Pomidor taymerni imkon qadar soat variantini sotib ol, chunki dars qilish vaqtida telefondan foydalanmaslik eng toʻgʻri yoʻl.

3. Bir kunda 16-18 soatgacha dars qilish bu fantastika emas.(Abituriyentlik paytimda isbotin topgan). Hammasi qoʻygan maqsadinga bogʻliq.
Mayli birdaniga bor vaqting bilan dars qilishga kirisha olmaysan, lekin eng muhimi qoida bir kun boʻlsada dars qilishni toʻxtatib qoʻyma. (Ayniqsa til oʻrganishda).

4. Yangi maʼlumot oʻzlashtirishdan avval miyangni kislorodga toʻyintir (chuqur nafas olib, asta nafas chiqar. 5 marotaba), diqqatingni bitta yoʻnalishdagi mavzuni oʻrganishga qarat.

5. Pomidor taymerdan foydalanganda senga har 25 minutda 5 minutdan tanaffus beradi. Bu tanaffus telefonda tarmoqni kavlash, video tomosha qilishga emas. Imkon boʻlsa bu vaqt davomida hech narsa qilma yoki biroz havo alishtirib yur, tanangni boʻsh qoʻyi va nafas mashqi bilan miyangni kislorodga toʻyintir. (Koʻz uchun mashqlar qilsang ham boʻladi).

6. Dastlab kunlik 4 ta pomidordan boshla, oʻrtacha 10 tagacha olib chiq. (Menda 16 ta boʻladi)

7. Shaxsan men ham OTM larda konspekt yozdirishlariga qarshiman, lekin ilm olishda toʻgʻri yozilgan konspekt ilmingni uzoq vaqt sen bilan boʻlishiga yordam beradi.

8. Olayotgan ilmingni har doim kimgadir oʻrgat yoki kimgadir oʻrgatish uchun oʻqiyotgandek oʻzlashtir. Yaxshi oʻrganishning eng yaxshi usuli kimgadir oʻrgatish. Oʻrgatish vaqtida miyang mavzuni chuqurroq mohiyatiga yetib boradi.

9. Olgan ilmilaringni vaqti vaqti bilan takrorlab tur.
Bunday vaqtda senga konspekt va kitoblarga chizib, belgilagan qisimlaring vaqtdan yutishga yordam beradi.

P.S. Yana yozaman. Hozircha telefoningda bu ilovani tortib olib yuqoridagi videoni koʻr va dars qilishni boshla. https://play.google.com/store/apps/details?id=com.superelement.pomodoro

@Vasliddin_blog
350 viewsedited  19:35
Ochish/sharhlash
2022-12-09 19:08:55 "Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: birinchisi-dunyoga kelgan kuni, ikkinchisi-nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni."

Odamlarni koinotga olib chiqamiz deydi baʼzi kompaniyalar.
Oliy maqsading boʻlsa qilayotgan ishingdan hech qachon zerikmaysan deb yozadi motivatsion kitoblarda.
Biznesda ham maqsad boʻlmasa, faqat pul uchun ishlaysan deydi biznes trenerlar.

Hayotda esa juda kam insonni oliy maqsadi bor.
Hayotda oliy maqsadni topish yoshi har kimda turlicha boʻlishi mumkin.
Kimdir bolalikdan shu tushunchalar bilan ulgʻayadi.
Kimdir yaxshi ustoz qoʻlida oʻzi yoʻlini topadi.
Kimdir oila qurgach hayotida maqsad va mazmun paydo boʻladi.

Umuman olganda oliy maqsadni oʻylab yurish, oliy maqsadning senda yoʻqligidan siqilish, tanlagan ishingni oʻzgartirish shart emas.

Qoʻlimizdan kelgan ish bilan oilamizni taʼminlay olishimiz ham eng oliy maqsad.

Agar sendan oliy maqsad haqida soʻrashsa:
Xalqimizga xizmat qilish va oilamni halollik bilan taʼminlash deb ikkilanmay javob beraver.

Shuni oʻzi ham butun umrlik oliy maqsad uchun kifoya.

@Vasliddin_blog
82 viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2022-12-07 21:42:51 "Bugungi aqling boʻlganda kechagi xatoni qilmas eding, kechagi xatoni qilmaganingda bugungi aqling boʻlmasdi."

Ortinga xar safar qaraganingda qaysidir xato uchun, qaysidir qilgan ishingiz uchun yoki qilolmagan ishingdan afsus chekasan.

Boshqa OTMga topshirsam boʻlar ekan
Oʻqi(ma)sam boʻlar ekan
Ingliz tilini avvalroq boshlasam boʻlar ekan
Bu biznesga shuncha kirtganimda, hozir shuncha boʻlar edi
Shu xatoni qilmaganimda, hozir falon joyda boʻlar edim...

Kim xato qilmaydi?
Harakat qilmayotgan odam.
Harakat qilmasang bir joyda qotib qolmaysan aksincha hozirgi zamonda ortga qulayotgan boʻlasan.


Xato qilishdan qoʻrish kerak emas, aksincha u sodir boʻlganda yana davom etishga layoqat va kuch topa olsang boʻldi.

P.S. Allohning taqdiriga imon keltirgansan, qoʻy boʻldi, yetadi, shuncha afsuslanganing.
Harakatni davom ettir. Xatolardan qoʻrqma.

@Vasliddin_blog
91 viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash
2022-12-05 18:36:20 Vaqtni sotib olish mumkinmi?

Ha, sotib olsa boʻladi. Baʼzan sotish ham mumkin.

1. Sen soʻngi rusumdagi telefon olmoqchisan. Narxi 1000$.
Sening oyliging aytaylik 3 000 000 soʻm.
Kuniga oʻrtacha 100 000 soʻmdan topasan.
Smartfon evaziga sen 100 kun umringni sotasan.

2. Yangi narsa telefon, kiyim, soat va boshqalarni sotib olayotganda oʻyla, olayotgan narsang yoʻqotgan kuningga arziydimi?
Sotib olishdan avval pul topishga ketgan vaqting bilan narxini aniqlashtirib ol.

3. Bu hayotda yashab qolish kerak, eng yaxshisidan foydalanib dersan. Ha bu hayotda yashab qolish kerak, uni bemaʼni narsalarga sarflamasdan.

4. Shu 100 kun choʻntaginga qolsa bilasanmi nimalarga sarflash mumkin?
Yaqinlar davrasi, koʻproq ilm olish, sayohat, ezgu amallar...

P.S. Qoʻy, shu 3 ta kamera bilan maqtanib nima qilasan. Ana Redmi ol 4 ta kamerasi bor ekan.

@Vasliddin_blog
119 viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2022-12-04 20:21:29 Odatlarni shakllanishi

1. Odatlarni shakllanishga sabab ularni qayta qayta takrorlashda shu odatni miyaga oʻtkazishga javobgar nerv hujayrani miyelin qobiq bilan oʻralishi ekan. Miyelin bilan oʻralgan nerv hujayrasidan nerv impulsi oddiy hujayraga nisbatan tezroq oʻtadi.

2. Endi ehtiyojing boʻlmasa ham, foydalanish toʻgʻri boʻlmagan joylarda ham, beixtiyor telefoningni olib kavlashtirishni tushungandirsan. Bu odat senda qalin qobiq bilan oʻralib joylashib olgan.

3. Biroz zeriksang kifoya, telefonni olasan va bemaqsad vaqt oʻtkazasan. Keyin yoʻqotgan vaqtingdan afsuslansan.
Bu koʻp marta takrorlashning samarasi.

4. Kel shu odatni foydali odatlarda sinab koʻrasan.
Aytaylik har kuni 30 betdan kitob oʻqishdan boshla. Boshida qiziqroq, koʻpchilik tavsiya qilgan kitob boʻlsin.

5. Boshda zerikasan, lekin bir kun boʻlsa ham toʻxtatma. Bu odat keyinchali miyangda mustahkam oʻrnashib olgach telefon kavlash kabi oson hamda maroqli ishga aylanadi.
"Atom odatlar" da yozilishicha, odatlarni shakllantirishda ozdan boʻlsa ham har kuni qilish ustuvor ekan.

6. Aytaylik sen shu dushanbadan oʻzgarmoqchisan. Soat 5 da turmoqchisan, 5 km yugurmoqchisan, har kuni 100 betdan kitob oʻqimoqchisan. Katta ehtimol bilan buni qila olmaysan va oʻzgartishga boʻlgan layoqating yoʻqoladi.

7. Shuning uchun bugundan oz ozdan boshla.

P.S. Qiladigan ishing boʻlmasa telefoning bir chetga uloqtirda vaqtli turish uchun yotib uxla.

@Vasliddin_blog
88 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-12-04 10:37:22 Muammolarga yechim topish yangi muammolarga olib keladi

-Hammasi yaxshi boʻladi.
Muammolarga yechim topgach muammolisiz hayotda yashayman deb oʻylaysan.
Xato oʻylaysan hech qachon bunday boʻlmaydi.

-Kambagʻal inson - pul hamma qiyinliklarimni ketkazadi deb oʻylaydi. Ha toʻgʻri, faqat hozirgilarini ketkazadi.Oʻzi bilan yangilarini olib keladi. Boylikni saqlab qolish, farzandlarni buzilib ketmasligi, chin doʻstlarni ajratib olish kabi.

-Aytaylik shaxsiy mashinang boʻlmagani sababli ishga kech boryapsan, piyoda yurib koʻp shamollading, ishga kech qolding. Bu muammolilarni yechimi avtomobil sotib olish.
Muammolar tugandek koʻrinadi lekin yangilari boshlanadi. Avtomobilni qoʻyish uchun joy izlaysan, yoqilgʻi quyish uchun navbatda turish, qayta taʼmirlatib turish, vaqtida yuvib tozalash va boshqalar. Bular uchun qoʻshimcha vaqt, asab va mablagʻ ajratasan.

-Mashhurlik, oila qurish, ish topish bilan ham shunday. Hech qaysi biriga - shundan keyin hammasi yaxshi boʻlib ketadi deb qarash kerak emas. Qiyinchiliklarsiz, muammolarsiz hayotni orzu qilmagan yaxshi. Birinchidan, unday boʻlishi imkonsiz. Ikkinchidan bu oʻta zerikarli hayot.

-Maqsad mavjud muammoni yechish emas, bir muammodan boshqasiga oʻtish.
Biz yechim topishni istaydigan muammoga oʻtish.

-Buni qanchali tez tushunib yetsak - shuncha yaxshi.

@Vasliddin_blog
114 viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2022-12-04 09:11:40 ​​Men odam ajratamanmi?

(Afsuski) Ha...

Bundan bir necha yillar avval hayotni maʼlum bir vaqtida birga boʻlgan har qanday insonni bir xil koʻrib, bir umrlik qadrdonga aylantirishga tirishar edim. Afsuski hozir hammani bir xil koʻra olmayman.

Baʼzilarni ishlashini kuzatgim, koʻproq vaqtni ajratgim va savol berib javobini eshitgim keladi. Baʼzi insonlar bilan esa hattoki gaplashgim ham kelmaydi.

Odamlarni nimasiga qarab ajrataman?

Qayerda tugʻilgani, millati, jinsi, qancha pul topishi, qayerda ishlashi, menga qancha foyda bera olishi menga umuman ahamiyatsiz.

Menga fikrlashi muhim. Fikrlari chuqur, mulohazali, tajribaga asoslangan boʻlsa bunday insonlar bilan uzoq suhbatlashgim keladi.

Aksincha, sayoz, chuqur oʻylanmagan, nafrat, hasad va gʻiybatga boy fikrlarni tinglasam ulardan oʻzimni olib qochaman. Ularni toʻgʻrilashga harakat qilmayman, chunki bunday insonlarning asosiy qismi oʻzgarishni istashmaydi.

Odam ajratib munosabatda boʻlish menda koʻp narsani oʻzgartirdi.

@Vasliddin_blog
78 viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash