Get Mystery Box with random crypto!

Suzasan yoki cho'kasan Har safar metroning eskalatoridan chiq | Vasliddin Jamoliddinov

Suzasan yoki cho'kasan

Har safar metroning eskalatoridan chiqib-tushayotganimda oʻylayman. Bosib oʻtayotgan yoʻlim teskariga kelayotgan eskalatoriga oʻxshaydi.
Teskari eskalatoriga chiqib olib yurmasdan bir joyda tursang orqaga ketasan. Yurishni boshlasang bir joyda turgan boʻlasan. Yuqoriga chiqish uchun esa yugurishing kerak.

Tez yugurishingda qoʻrquv boʻlishi mumkin (komfortdan chiqsang qoʻrquv har qanday holda boʻlishi mumkin), lekin qoʻrquv seni toʻxtatmaydi.

Karantin paytlarini eslasam istalgan eskalatoriga chiqib olgan odamdek his qilaman oʻzimni. Oxiri qaysi yoʻldan olib chiqishi ahamiyatsiz, birinchi marotaba chiqqan boladek qiziqib.

Balki qarama qarshi yugurishdan qoʻrqib, komfortni yoʻqotishni istamaganman.

Lekin nimadirga erishish uchun diskomfortda yashashga koʻnikish kerak ekan. Yurish yemas, doim yugurish.

P. S.
Teskari eskalatoridagi insoni ilm talabidagi insonga, yugurishni esa tezlik bilan ilm olishga qiyoslab postni qayta oʻqib koʻr.

@Vasliddin_blog