Get Mystery Box with random crypto!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

Telegram kanalining logotibi v_turakulov — Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog V
Telegram kanalining logotibi v_turakulov — Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog
Kanal manzili: @v_turakulov
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.23K
Kanalning ta’rifi

🔖Iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish
💼Professor - CAU Universiteti
🎯"An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." -The NY Times, 08.07.2039
📮Fikrlar: @v_turakulov_stories
📮Admin: @XSB_bot
🕊 Contacts: @VTurakulov

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 05:00:44
Ibtido ham, intiho ham birinchi qadamdan boshlanadi...

Har qanday ish ikki qismdan iborat: boshlash va tugatish.

...birinchisi qiyin. Hammamiz birinchisidan yiqilamiz. Men buni "ishni boshlamasdan turib muvaffaqiyatsizlikka uchrashning nozik sanʼati" deb atagan bo'lar edim.

Keling, bugun yana
eski yangi xatolarni qilamiz!

Xayrli kun!
1.5K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-08-25 16:46:21 #shunchaki
Yoshi kattalar SSSR'ni emas,
.
.
.
.
.
.
Bolaliklarini qumsashadi, aslida!
1.5K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-08-25 15:41:20 #retro
Iqtisodiy rivojlanish tug’ilishlar sonini kamaytiradimi?

Jamiyatda tug’ilishlar soniga juda ham ko’p faktorlar sabab qilib ko’rsatilsa-da, shaxslarning qaror qabul qilish jarayonini muqobil qiymat prinsipi asosida tushunib olsak bo’ladi. Ya’ni bu yerda “farzand ko’rish” qiymatiga alternativ o’laroq voz kechilgan eng yuqori bahodagi muqobil qiymatni ko’rib chiqishimiz kerak bo’ladi. Misolni O’zbekiston va Koreya misolida ko’rib chiqsak (misollar juda ham soddalashtirilgan):

O’zbekiston: Anora (kallamga birinchi kelgan taxminiy ism) o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Ish haqi — 2 mln so’m (200$). Agar hisob-kitob qilib ko’rilsa, farzand ko’rib yana ishga qaytishi uchun 2 yilcha vaqt ketadi. Demak, Anora...

To'liq maqola v-turakulov.medium.com

Telegram | YouTube | Instagram
1.7K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-08-25 15:36:31 Жанубий Корея дунёда энг кам туғиш кўрсаткичига эга давлат бўлди. Битта аёлга биттаям фарзанд тўғри келмаяпти. Ўзбекистонда ҳар бир аёлга ўтган йили 2,3 бола тўғри келган (аввалги йилгидан бироз тушган). Кореяликлар қўрқиб қолишди, энди иқтисодни ўстириш учун ва кексаларга қараш учун етарли одамни қаердан оламиз деб. Ҳукумат бола туғинглар деб берган миллиардлаб доллар ҳам ёрдам бермаяпти.

Аслида бир мамлакат аҳолиси ҳақида бунчалар хавотирга тушиш абсурд. Ҳар бир мамлакат ўз аҳолисидаги танқисликни миграцияни очиш билан ва қашшоқ давлатлардаги ёшлар сонидан тўйинтириши мумкин. Агар фақат ўз этник софлиги ё бошқа миллатчилик нуқтаи назаридан келиб чиқса, унда аҳолиси камаяверади ва харажати ошаверади.

Масалан, Венгриянинг мигрантлардан нафратланадиган миллатчи бош вазири венгерларни туғишга чорлаяпти. "Бизга сон керак эмас, бизга венгер болалари керак" деган Виктор Обан. Камида тўртта фарзанд кўрган венгер аёллар бир умрга даромад солиғидан озод этилади, оилаларга катта машина сотиб олишга субсидия тўланади, уй сотиб олишга арзон кредитлар берилади, 40қа чиқмаган аёл эрга тегса ҳам имтиёзли кредит ола олади. Лекин, шунча енгилликларга қарамай, Венгрияда туғиш даражаси ҳар йили камаймоқда.

Ibrat Safo

...
KunUz'ga ko'ra yurtimizda oxirgi 7 oy mobaynida 10 mingdan ziyod egizaklar tug'ulibdi. Eng oldida Samarqandliklar ekan!

@v_turakulov
1.5K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2022-08-25 00:45:47 Yomon, juda yomon qaror!

Oq uy bugun har bir talaba (ba’zi mezonlar bo’yicha) olgan oliy ta’lim kreditining $10,000ga teng qismini “kechib yuborishi” kutilayotgani haqida xabar berdi.

Tabiiyki bu qaror asosan siyosiy mohiyatga ega. Noyabrdagi midterm va 2 yildan so’nggi saylovlarga ovozlarni sotib olishga umid qilinyapti. Tabiiyki, qarz balansi $10,000ga kamayganini ko'rgan fuqaro bundan quvonadi. Aytish joiz, bu qaror osmondan tushgani yo’q. Saylovoldi kampaniyasida ham shu siyosat oldinga surilgan va vada bajarilyapti deyish mumkin.

Qarzdan voz kechish bu bir imtiyozning turi. Bu imtiyoz qanday iqtisodiy va siyosiy oqibatlarga olib keladi? Hech qanday siyosiy qarashlari, partiyaviy a’zoligi bo’lmagan iqtisodchilar ham shunday fikrda bo’lishlari tabiiy:

1. Bu regressiv siyosat - imtiyozdan faqat boylar yutadi. Ya’ni, bu soliq to’lovchilarning hisobiga moliyalashtirilayotgan imtiyoz, kambag’al va o’qishga imkoniyati bo’lmaganlar uchun bir dollar ham bermaydi. Xususiy universitetda yiliga $70,000 to’lab o’qigan va keyin yaxshi maosh topayotgan, qarzni yopa oladigan bitiruvchi bundan yutadi. Imtiyoz mukofoti tengsiz bo’linadi. Qarzdan kechirishga ketgan mablag’ning uchdan ikki qismidan ko'prog'i daromad taqsimotining eng yuqori 60 foizidagi odamlarga tegar ekan.

2. Qo’ldan boy berilgan imkoniyatlar. Shu imtiyoz/qarzdan voz kechish uchun ishlatilgan soliq to’lovchilarning har bir dollarini ta’limga bo’lgan imkoniyatlarni tenglashtirish uchun, ta’limga imkoniyati bo’lmaganlar uchun ishlatish mumkin edi.

3. Bu imiyozdan foydalanmagan boylarni ham, ya’ni talabalik qarzini ertaroq to’lab yopib yuborgan fuqarolarni jazolaydi, chunki ular imtiyozdan quruq qolishmoqda - qarzni erta yopganlari uchun. Ya’ni, tartibli fuqaro va intizomli qarz to’lovchilar jazolanmoqda. 

4. Buzilgan rag’batlar tizimi. Qarz olishga talab oshadi, narx ko’tariladi. Inflyatsiyaga hissa qo’shadi. Soliq to’lovchilarga bu siyosat 300 milliardga tushishi mumkin ekan.

5. Siyosiy foyda emas, zarar olib kelishi ham mumkin. Aslida o’ngdagilarni birlashtiradigan qaror bo’libdi, liberal, boy, o’qimishli ziyolilarga berilayotgan bu imtiyoz respublikachi, ta’limga imkoniyati bo’lmagan va soliqlari tengsiz taqsimlanishi ko’rayotgan ovoz beruvchilar birlashadi. Lekin, boshqa tomondan, bu siyosat noto'g'ri ekanligini bilayotgan, va ushbu imtiyozdan naf ko'rmayotgan fuqarolar agar shu siyosat demokratlarni ofisda qolishini ta'minlab berishi kutsalar, ular ushbu “soliqqa" ko’z yumishga tayyormikanlar?

6. Ta’lim krediti xajmi oshib ketgani, qimmat kontrakt narxlari, va qarz oluvchilarning yuki kabi muammolarni bu imtiyoz umuman yechmaydi. Masalan, o’rtacha talabalik krediti $40,000 atrofida. Imtiyoz esa $10,000.

7…

Masalan, aytaylik Alabamaning bir chekka tumanida yashaydigan, oliy ta’limdan bahramand bo’lmagan fuqaro so’rashi mumkin: “Nima uchun mening hisobim evaziga siz, hozirda Goldman Saksda yiliga $124,000 maosh olayotgan, badavlat oiladan chiqqan insonning farzandini Stenfordda o’qishini moliyalashtiryapsiz?”

Qanday xulosalar qilish mumkin? Qarorlarni iqtisodchilar emas siyosatchilar qabul qilishini, va ularning rag’batlari boshqacha bo’lishiga bu ham bir eslatma. Ikkinchi eslatma esa, yaxshi niyatlar bilan qilingan imtiyozlar yomon, regressiv va odamlarni battar qashshoqlashtiradi. Menimcha, boshqa istalgan imtiyozlarga yuqoridagi rakurs orqali qarasa bo’ladi.

Aytgancha, menga qiziq tomoni shundaki, ijro hokimiyatining ushbu qarori, boshqa qarorlar kabi, Oliy sudda ko’rib chiqilishi mumkin. Va u yerda qaror bekor qilinishi ehtimoli bor, yetib borsa. Jarayon shunga yetib borish bormasligi qiziq. Kuzatamiz.

@uzbekonomics
1.4K views21:45
Ochish/sharhlash
2022-08-24 17:26:01 Rossiya JSTni tark etmoqchi ekan

Bunga javoban ba'zi ekspertlar:

"Tark etsa etaversin! Aslida Rossiya qog'zoda JSTning a'zosi bo'lsa-da, amaliyotda Rossiya ko'pgina JST qonun-qoidalariga bo'y sunmagan. Shuningdek, 2012-yilda JSTga a'zo bo'lib, 2014-yilda Qirimni bosib olishligi natijasida juda ham ko'p sanksiyalarga uchragan. Ukrainaga qilgan munosabatidan so'ng bu sanksiyalar yanada kuchaydi. Bu degani Rossiya va boshqa JSTga a'zo davlatlar deyarli JST qonun-qoidalari bilan munosabat o'rnatmagan..."

Maqolada Rossiya boshqa xalqaro tashkilotlarni ham tark etgani va etmoqchi ekanligi aytib o'tilgan.

P.S. Bu yerda "Rossiyaning JSTga qoʻshilishi haqida qiziq faktlar" keltirilgan ekan.
1.7K views14:26
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:49:06 Yuqoridagi kitob haqida suhbat:






P.S. O'zbekcha subtitli ham bor.
1.9K viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2022-08-23 03:35:41
Tokyoning Narita Aeroportini o‘rtasida bir dehqonning fermasi joylashgan. Rasmda shu ko‘rsatilgan.

Hukumat 70- yillarda aeroport barpo qilayotganda o‘sha yerda yashovchi ayrim insonlar qarshilik qilgan ekan va ayrim dehqonlar esa o‘z yerlarini va xo‘jaliklarini hatto bugungi kungacha saqlab qolishgan ekan. Davlatga sotishdan bosh tortishgan ekan. Fermaning yon atrofi to‘liqligicha aeroport hududi.

Qonunlar ishlaydigan joylar juda qiziq.
1.7K views00:35
Ochish/sharhlash
2022-08-21 19:59:30
Bu yo'lda qilinadigan birinchi ish, konstitutsiyaga o'zgarish orqali prezident muddatini nollashtirishni oldini olish. Realistman, bu safar qolimizdan hech narsa kelmasa kerak. Rossiyada fuqarolik jamiyati bizdan ancha kuchliroq edi. Ular ham hech narsa qila…
2.6K views16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-21 10:59:17 Bu yo'lda qilinadigan birinchi ish, konstitutsiyaga o'zgarish orqali prezident muddatini nollashtirishni oldini olish. Realistman, bu safar qolimizdan hech narsa kelmasa kerak. Rossiyada fuqarolik jamiyati bizdan ancha kuchliroq edi. Ular ham hech narsa qila olmadi.

Eng kamida shu mavzularda bahslashishini, fikr bildirishni yaxshilab o'rganib olsak, bu safar uchun juda yaxshi natija bo'ladi."

Iqtibos tugadi
2.3K views07:59
Ochish/sharhlash