Get Mystery Box with random crypto!

Pokiston halokati va paxta narxi 'Pokistonda ikki yarim oydan | Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

Pokiston halokati va paxta narxi

"Pokistonda ikki yarim oydan beri suv toshqinlari to‘xtamayapti, faqat so‘nggi 24 soat ichida 119 kishi halok bo‘ldi, 71 kishi jarohatlandi.Bu vaqt ichida jami 33 milliondan ortiq odam jabrlangan, qurbonlar soni esa allaqachon mingdan oshib ketdi.

Yomg'ir va suv bosgan daryolar uch yarim ming kilometr yo'lni buzdi, 149 ko'prik vayron bo'ldi, 949,8 ming uy to'liq yoki qisman vayron bo'ldi, 719,5 ming bosh chorva mollari nobud bo'ldi. Kalam vodiysidagi hashamatli “New Honeymoon” mehmonxonasi butunlay supurib tashlandi.

“Express Tribune” gazetasi paxta yig‘im-terimiga tuzatib bo‘lmas darajada zarar yetkazilgani, paxta narxi mamlakatda kuzatilmagan eng yuqori darajaga yetganini ta’kidlaydi.‌‌

Manba: @SiyosiyFakt

...
Pokistonlik do'stlarimizga sabr tilaymiz va qayg'ulariga sherikmiz!

Kanalimizning mavzusiga oid, paxta mavzusi. Pokiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda top beshtalikka kiradi (Hindiston, Xitoy, AQSh va Braziliyadan keyin). Demakki, paxta narxiga ta'siri bo'yicha "katta davlatlar" dan biri.

Demakki, bu yilgi paxta narxining oshishini kutishimiz mumkin. O'zbekiston iqtisodiyotiga juda ham katta ta'sir qilvormasa-da (chunki, paxta eksportining YaIMdagi ulushi 90-yillarda 10% dan ko'p bo'lgan bo'lsa, yaqin yillarda unining ulushi 2% tushib ketgan), fermerlar cho'ntagiga (agarchi va'da qilinganidek narx erkin belgilansa) biroz bo'lsa ham daromad kirib qolsa kerak...

@v_turakulov