Get Mystery Box with random crypto!

'Dutch Disease' - bu mamlakatda to‘satdan topilgan (gaz, neft, | Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

"Dutch Disease" - bu mamlakatda to‘satdan topilgan (gaz, neft, oltin kabi) tabiiy resurlar oqibatida iqtisodiyot orqaga ketishi hodisasidir. Bu paradoks, chunki resurlar iqtisodiyotni oldinga emas, ortga ketishiga sababchi bo‘lyapti.

Odatda boy davlatlarda bu kabi resurlarni topilishi mamlakatga katta hajmdagi xorijiy valyuta oqimining kirib kelishiga va buning natijasida milliy valyutaning qadri oshib ketishiga sababchi bo‘ladi. Bizga maʼlumki, dollar qadrsizlansa, o‘sha mamlakat eksport raqobatbardoshligi jahon bozorida tushib ketadi. Oqibatda sanoat ishlab chiqarish hajmi kamayadi, ishsizlik yuz beradi. O‘sha tabiiy resurning tugab qolishi yoki narxidagi pastlashlar esa vaziyatni yana-da keskinlashtiradi.

Kambag‘al davlatlarda esa tabiiy boyliking topilishi elitlarni shoshirib qo‘yadi: korrupsiya avjiga oladi, islohatlar to‘xtab qoladi (axir, endi bunga ne hojat?!), samarasiz va o‘ylanmagan davlat xarajatlari oshib ketadi (axir, pul kelib turibdiku!), e'tibor faqatgina tabiiy boyliklarga qaratilib boshqa sohalar qolib ketadi...

Bu haqida yaxshi bir maqola faylini joylayapman.

Oldin bu haqida yozgan edim: 1 × 2