Get Mystery Box with random crypto!

Qayerdadir o'qigan edim, kitobning bir qismi edi adashmasam (h | Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

Qayerdadir o'qigan edim, kitobning bir qismi edi adashmasam (hozir izlab topa olmadim).

Quyidagi mazmunda aytilgan edi: "Ta'lim va iqtisodiy rivojlanish o'rtasida positiv bog'liqlik bor, bu aniq. Lekin, davlat qaysi bosqichga ko'proq e'tibor berishi kerak? Oliy ta'limga ko'proq sarmoya kiritishi kerakmi? Ba'zi dalillar shuni ko'rsatyaptiki, oliy ta'lim bu uzoq muddatli investitsiya bo'lib, natijaga tezroq erishmoqchi bo'linsa qisqa muddatli kasb-hunarga tayyorlov kurslari o'zini anchagina yaxshiroq oqlaydi..."

Menimcha ham shunday. Hozirgi avlod ham yaxshiroq sharoitlarda yashashni o'z ko'zlari bilan ko'rgisi keladi. Iqtisodiy rivojlanishni tezlatishga yordam beradigan mana shunday "Najot Ta'lim" kabi qisqa muddatda kasb o'rgatadigan markazlarga davlat qulayliklar yaratib berishi kerak bo'ladi. Videoda Erkin Bozorov aka Najot ta'lim haqida "bu safar boshqacha" kontent tayyorlabdilar!

#ulashgim_keldi

Telegram | Instagram | Twitter