Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Sertifikat
Магістратура
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Sertifikat
Магістратура
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 92.79K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2024-01-31 17:23:42
Oliy maktab akademiyasi bilan o‘rganing va yuksaling

Bugungi global zamonda intellektual salohiyat har qanday moddiyatdan ustun turadi.

Ilm-fan insoniyatga barqaror hayot, farovon turmush tarzi, orzu va maqsadlar sari dadil odimlashda beqiyos yordam beradi.

Hurmatli ota-onalar!

Ushbu maqsad yo‘lida Oliy maktab akademiyasi farzandingiz yanada bilimli va yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish uchun o‘z taʼlim loyihasini taklif qiladi.

O‘zbek tilida muqobili mavjud bo‘lmagan innovatsion va sifatli videodarslarga bir martalik to‘lov qilish bilan siz nimalarga ega bo‘lasiz:

1. Biz taqdim qilayotgan darslar jamlanmasi bilan repetitor, o‘quv markazlariga yillab xarajat qilishga hojat qolmaydi;

2. Farzandingiz darslarni ko‘z oldingizda o‘rganib boradi. Ya’ni siz uning darslarni o‘zlashtirishini shaxsan nazorat qila olasiz;

3. Barcha fanlar professional, o‘z ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchilar jamoasi tomonidan o‘rgatiladi;

4. Darslarimizga "доступ"ni qabul qilib olganingizdan so‘ng oilangizda mo‘jazgina maktabga ega bo‘lasiz. Bu bilimlar oila aʼzolaringizga uzoq yillar xizmat qiladi.

Bepul namunaviy videodarslar bilan tanishish uchun ushbu ko‘k yozuvlar ustiga bosing:
Matematika (1-11-sinflar uchun)
Ona tili va adabiyot (1-11-sinflar uchun)
Ingliz tili (1-11-sinflar uchun)
Rus tili va adabiyoti (1-11-sinflar uchun)
Kimyo (7-11-sinflar uchun)
Biologiya (7-11-sinflar uchun)
Fizika (7-11-sinflar uchun)
Tarix (6-11-sinflar uchun)

Bugun farzandlaringiz bilim olishiga sharoit yaratib bering. Ertaga ular sizga farovon hayot uchun sharoit yaratib beradi.

Eng ko‘p berilgan savollarga javoblar bu yerda

Hoziroq murojaat qiling: @hozir_boglaningBot

Innovatsion videodarslarni yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang.

Kanalimizga ulanish:
https://t.me/oliymaktabakademiyasi
47.6K views14:23
Ochish/sharhlash
2024-01-31 10:44:44 Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlash rejalashtirilmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga koʻra ushbu fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 20 foiz ustama toʻlab kelinayotgan edi.

Quyida 2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan milliy sertifikatlar imtihonlari muddatlari koʻrsatgan.

Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz ( @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot — yordamida milliy sertifikat olsangiz, oylik maoshingiz qancha bo‘lishini hoziroq hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.1K viewsedited  07:44
Ochish/sharhlash
2024-01-31 08:17:53
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.9K viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash
2024-01-31 07:37:24 Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi

2024-2025-o‘quv yili
uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
maksimal ball — 33 ball.

-mutaxassislik fani bo‘yicha:

test topshiriqlari soni — 30 ta;
har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
maksimal ball — 93 ball.

-mutaxassislik fani bo‘yicha:

test topshiriqlari soni — 30 ta;
har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
maksimal ball — 63 ball.

Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.1K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2024-01-30 17:43:07 #abituriyent_2024 #javoblar_varaqasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.7K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2024-01-30 15:59:43
#abituriyent2024

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
19.3K views12:59
Ochish/sharhlash
2024-01-30 07:50:13 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug'i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarining yangi tahririni tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
56.0K views04:50
Ochish/sharhlash
2024-01-30 07:18:24 Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruvda maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida «yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga» olib kelgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2024-01-29 07:40:53
TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi

Hukumat qarori (17.09. 2021-yil 572-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yillardagi qaror tarqatilib, oʻqituvchilarda koʻplab savollar tugʻilmoqda. Mazkur sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.

Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz ( @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.8K viewsedited  04:40
Ochish/sharhlash
2024-01-28 18:22:50 Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida "Gʻamxo‘rlik" guruhlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (25.01.2024-y. 46-son) qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra,

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoʻllash boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari tashkil etiladi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlari:

2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15.4K views15:22
Ochish/sharhlash