Get Mystery Box with random crypto!

UzTadqiqot

Telegram kanalining logotibi uztadqiqot — UzTadqiqot U
Telegram kanalining logotibi uztadqiqot — UzTadqiqot
Kanal manzili: @uztadqiqot
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 694

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 56

2022-09-18 17:24:33 #foydali

oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;

stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

@uztadqiqot
155 viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2022-09-17 19:44:38 OLIY MАLАKАLI ILMIY VА ILMIY PEDАGOG KАDRLАR IXTISOSLIKLАRI ROʼYXАTI

RO'YXATDA SIZ FAQAT O'Z YO'NALISHINGIZ SHIFRIGA TOPSHIRASIZ!

@uztadqiqot
197 viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2022-09-17 19:44:37 Google shu qadar kuchliki, u boshqa qidiruv tizimlarini bizdan “yashiradi”. Biz ularning aksariyatining borligidan bexabarmiz.
Shuningdek, dunyoda kitoblarga, ilm-fanga va boshqa ilmiy ma'lumotlarga ixtisoslashgan juda ko'p ajoyib qidiruv tizimlari mavjud.

Balki siz umuman xabaringiz bo’lmagan saytlar ro'yxatini o’zingizda saqlab qoling.

www.refseek.com - akademik manbalar bo’yicha qidiruv tizimi. Bir milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediyalar, monografiyalar, jurnallar.
www.worldcat.org – dunyoning 20 000 kutubxonalari bo’yicha qidiruv. Sizga zarur bo'lgan noyob kitob eng yaqin qayerda joylashganligini bilib ololasiz.
https://link.springer.com - 10 milliondan ortiq ilmiy hujjatlar mavjud: kitoblar, maqolalar, tadqiqot protokollari.
www.bioline.org.br - rivojlanayotgan mamlakatlarda chop etiladigan bioscience jurnallari kutubxonasi.
http://repec.org – dunyoning 102 mamlakatining ko'ngillilari iqtisodiyot va tegishli fanlar bo'yicha 4 millionga yaqin nashrlarni to'plashdi.
www.science.gov - 2200 dan ortiq ilmiy saytlar bo’yicha Amerika hukumatining qidiruv tizimi. 200 milliondan ortiq maqola indekslanadi.
www.pdfdrive.com - PDF kitoblarining bepul nusxasini yuklab olish uchun eng katta veb-sayt. 225 milliondan ortiq nashrlar mavjudligiga da'vo qilishmoqda.
www.base-search.net - akademik tadqiqot matnlari bo’yicha eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri. 100 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, ularning 70% bepul.

@uztadqiqot
208 viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2022-09-17 19:41:06
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar

@uztadqiqot
179 views16:41
Ochish/sharhlash
2022-09-14 13:42:47 #foydali

H-index ko'rsatkichi nechaga teng bo'lishi kerak?

Hozirda olim samadorligining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lgan h-indexning qiymati bo'yicha qat'iy ko'rsatgichlar belgilanmagan. Ammo ko'pgina davlatlarda u quyidagicha belgilanadi:

0-2 gacha - ilmiy darajaga da'vogarlik qiluvchi tadqiqotchi (doktorant, mustaqil tadqiqotchi);

3-6- fan nomzodi, falsafa doktori (PhD);

7-10 - fan doktorining ilmiy faoliyatiga mos keladi;

11-15 - mashhur olimning ilmiy faoliyatiga mos keladi;

16 dan yuqori - jahonga mashhur olimning ilmiy faoliyatiga mos keladi.

@uztadqiqot
976 viewsedited  10:42
Ochish/sharhlash
2022-09-13 08:58:14 #foydali

Ўзбекистон Республикаси Олий аттестация комиссиясининг диссертациялар асосий илмий натижаларини чоп этиш тавсия этилган илмий нашрлар РЎЙХАТИ

@uztadqiqot
348 viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2022-09-11 13:11:48 #foydali

Илмий тадқиқотчилар фаолиятида қўлланиладиган норматив ҳужжатлар қайсилар?

ПФ–4958-сон 16.02.2017й (Олий ўқув юртидан кейинги таълим тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида)
ПФ–5847-сон 08.10.2020й (Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида)
ПФ–6097-сон 29.10.2020 й (Илм-фанни 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида) ПҚ–5047-сон 01.04.2021й (Илм-фан соҳасидаги давлат сиёсати ва инновацион ривожлантиришдаги давлат бошқарувини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида)
ПФ–6198-сон 02.04.2021й (Илмий ва инновацион фаолиятни ривожлантириш бўйича давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш тўғрисида)
ВМҚ–226-сон 13.10.2008й (Ўзбекистон иқтидорли ёшларини тақдирлаш ва моддий рағбатлантириш тўғрисида)
ВМҚ–365-сон 28.12.2012й (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси тўғрисида низом)
ВМҚ–36-сон 02.03.2015й (Магистратура тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида)
ВМҚ–304-сон 22.05.2017й (Олий таълимдан кейинги таълим тўғрисидаги низом)
ВМҚ–937-сон 22.11.2017й (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида илмий даражалар олиш юзасидан диссертацияларни экспертизадан ўтказиш билан боғлиқ сарф-харажатларни тўлаш тартиби тўғрисида низом)
ВМҚ–606-сон 19.07.2019 й (Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни мақсадли тайёрлаш тизимини такомиллаштириш тўғрисида)
ВМҚ–133-сон 09.03.2020й (Илмий-тадқиқот ишларига давлат буюртмаси тўғрисидаги низом; «Стартап» лойиҳаларни танлаб олиш ва молиялаштириш тартиби тўғрисидаги низом)
ВМҚ–545-сон 27.08.2021й (Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги тўғрисида низом)
2443 25.03.2013й (Эксперт кенгаши тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
2665 14.04.2015й (Докторлик диссертацияси ва диссертация авторефератини расмийлаштириш қоидалари)
2666 14.04.2015й (Диссертациялар илмий натижаларининг амалиётга жорий қилинишини баҳолаш бўйича)
2764 17.02.2016й (Малакавий имтиҳонларни ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
2793 03.06.2016й (Илмий унвонлар бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
2893 23.06.2017й (Илмий даражалар берувчи илмий кенгаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
2894 23.06.2017й (Илмий даражалар бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)

@uztadqiqot
442 viewsedited  10:11
Ochish/sharhlash
2022-09-11 13:07:35
#foydali

H-index va i10-index ning farqi nimada?

H-index olim ilmiy faolligining metrik ko'rsatgichi bo'lib, 2005-yilda Kaliforniya Universiteti fizigi Xorxe Xirsh tomonidan ishlatilgan.

H-index olimning xalqaro bazada indexlangan maqolalari va ularga keltirilgan iqtiboslar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.

H-index 6 ga teng bo'lishi uchun olimning kamida 6 ta maqolasi bo'lishi va ularning har birga kamida 6 tadan iqtibos keltirilgan bo'lishi lozim.

i10-index esa olimning 10 tadan ortiq iqtibos olgan maqolalari sonini bildiradi.

@uztadqiqot
432 viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash