Get Mystery Box with random crypto!

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining | “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining yo‘lovchilarni qabul qilishga tayyorgarlik jarayoni

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdi — Oʻzbekiston boʻylab eng yuqori tezlikda harakatlanuvchi, Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Talgo-250 rusumli elektropoyezdlardir.

Birinchi “Afrosiyob“ poyezdi 2011-yil 22-iyulda, ikkinchisi sentabr oyida Toshkent shahriga keltirilgan.

Poyezdda VIP, birinchi va ekonom klass joylari va imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun maxsus joylar mavjuddir.

2021-yil iyul oyida Ispaniyadan yana ikkita Talgo elektropoyezdi lokomotivi, 15 ta vagon xarid qilindi.

Elektropoyezdning “Afrosiyob” nomi hozirgi Samarqandning shimoliy qismida joylashgan qadimiy Afrosiyob shahri shohi sharafiga nomlangan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati