Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Toshkent Markaziy - (shimoliy) vokzalida platskart vagon | “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

Bugun Toshkent Markaziy - (shimoliy) vokzalida platskart vagoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Taqdimotda xodimlar, yo‘lovchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hamyurtlarimiz va xorijiy turistlarning temir yo'l tutashuvlariga bo'lgan talablarini to'liq qondirish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan yangi 3 ta platskart vagonlari xarid qilindi. Mazkur vagonlarning birinchisi bugun 23-dekabrdan 54/53-sonli "Toshkent – Nukus – Toshkent" yo'nalishidagi yo'lovchi poezdida ilk harakatini amalga oshiradi.

Mazkur platskart vagonlar zamonaviy, o'ziga xos dizaynga ega bo'lib, 54 ta o'rin bilan ta'minlangan.

Vagon ichki haroratini nazorat qilishda elektron pult-tablolar o'rnatilgan hamda konditsioner tizimi bilan jihozlangan. Vagonning ichki haroratini isitish maqsadida ikki xildagi tizim o'rnatilgan, birinchi tizim bu — elektr toki yordamida isitish va ikkinchi tizim — vagonni boshqa turdagi yoqilg'i bilan isitish.

Yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida vagonlarda "USB"-portlar, uyali aloqa vositalarini quvvatlash uchun 220 voltli rozetkalar, bundan tashqari vagondagi har bir o'rindiq maxsus parda bilan jihozlangan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati