Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda davomat 99,99 foizni tashkil etadi Bu yaponiya m | Hayot davomida o‘qish

Maktablarda davomat 99,99 foizni tashkil etadi

Bu yaponiya maktablari to‘g‘risidagi statistika.

Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha — 4-sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklaniladi, xolos. Mamlakatda ta‘limning dastlabki uch yilida akademik bilimlar olish u qadar muhim hisoblanmaydi. Asosiy urg‘u tarbiyaga qaratiladi — bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, haqiqatparvarlikka, o‘zini nazorat qila olishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi.

Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q, ularning ishini o‘quvchilar bajaradi

Har bir sinf kabinetlar, koridorlar va hatto hojatxonalarni navbatma-navbat yig‘ishtiradi. Bu bilan bolalarga erta yoshdan jamoa bo‘lib ishlash va bir-biriga yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, yig‘ishtirishga ko‘p vaqt va kuch sarflagan o‘quvchilar bundan keyin binoning ifloslanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka urinadi.

Maktablarda davomat 99,99 foizni tashkil etadi

Biror marta maktabdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormagan odamni eslashimiz qiyin kechadi, lekin Yaponiya uchun bu me‘yorga aylangan holat. Bundan tashqari, yapon o‘quvchilari mashg‘ulotlarga deyarli hech qachon kech qolmaydi. Maktab o‘quvchilarining 91 foizi har doim o‘qituvchiga quloq soladi.

Bitta bitiruv imtihonining natijalari hammasini hal qiladi

Yuqori sinflar yakunlanganidan so‘ng o‘quvchilar bitta test topshiradi, uning natijalari kim oliygohga kira olishini hal qiladi. Bitiruvchi faqat bitta oliygohni tanlash huquqiga ega, uning tanlovi kelajakdagi maoshini va hayot darajasini belgilab beradi. Raqobat ancha kuchli — bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan so‘ng ta‘limni davom ettiradi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi